Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiyaga rasmiy taşrifini amalga oşirayotgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç davlat rahbarini samimiy qarşi oldi.
Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida Özbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya töplaridan ön marta öq uzilib, tantanali salyut berildi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tuşilgandan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.





















