Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 avgustga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:
kambağallik tuşunçasi, uni aniqlaş mezonlari va baholaş usullarini qamrab olgan metodologiya işlab çiqiş;
aholi, ayniqsa yoşlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritişning zamonaviy könikmasini şakllantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar;
tadbirkorlik taşabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilişga kömaklaşuvçi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşning samarali mexanizmlari;
tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalaş xizmatlaridan keng foydalanişi, şuningdek, davlat xaridlarida iştirok etişi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
band bölmagan aholini qayta tayyorlaş va işsiz fuqarolarni zarur kasblarga öqitiş böyiça keng kölamli dasturlarni amalga oşiriş;
Farğona vodiysining 22 ta qişloq tumanida aholi örtasida zamonaviy işbilarmonlik va biznes könikmalarini şakllantiriş böyiça boşlangan ijobiy tajribani barça hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiş nazarda tutiladi.
Ijro uçun mas'ullar - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari.












