Bu koronavirusning yangi turiga (nCoV-2019) qarşi kuraşiş va uning tarqalişini çeklaş böyiça Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining amaliy xatti-harakatlarini yuqori baholagan holda hamda xavfli infeksiya tarqalişiga qarşi kuraşiş yuzasidan Xitoy tomonining sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş va uni bartaraf etiş böyiça birgalikdagi çora-tadbirlarni ta'minlaş maqsadida amalga oşiriladi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bugun, 12 fevral kuni Toşkent xalqaro aeroportida insonparvarlik yordamining dastlabki partiyasi jönatildi.
Xitoyga quyidagi tibbiy buyumlar şaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda:
bir martalik steril tibbiy qölqoplar;
himoya qiluvçi kombinezonlar;
yuz uçun filtrlovçi niqoblar;
maxsus tibbiy formalar;
tibbiy niqoblar;
tibbiy doka.
Tibbiy buyumlar keyinçalik XXRga insonparvarlik yordami sifatida topşiriş uçun Turkiya işlab çiqaruvçilaridan xarid qilinmoqda. “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi korxonalari tomonidan tayyorlanadigan tibbiy buyumlar XXRga joriy yil 1 martgaça jönatiladi (ikkinçi partiya).
Xomaşyo materialining importi (notöqima material) joriy yil 21 fevralgaça amalga oşirilişi munosabati bilan tibbiy buyumlarni şu yilning 28 fevraligaça tayyorlaş rejalaştirilmoqda.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki şakllantirilişi va yetkazib berilişi uçun mas'ul etib belgilandi. Mudofaa vazirligi insonparvarlik yuki Xitoy Xalq Respublikasiga yetkazib berilişi uçun yuk havo kemasini ajratgan.













