2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 aprelga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish;
bu jarayonga nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
soliq organlari tizim uchun malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish tartibi belgilanadi.
Ijro uchun mas'ullar - Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.















