Toşkent xalqaro aeroporti yaqin yillarda şahar taşqarisiga köçirilişi rejalaştirilgan. Aeroport rekonstruksiyasi ham amalga oşiriladi.
Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport yaqin yillarda Toşkent şahridan taşqariga köçirilişi rejalaştirilgan. Bu haqida Uzbekistan Airports AJ raisi Ravşan Ismoilov ma’lum qildi.

“Hozir xalqaro aeroport şaharning markazida joylaşgan. Lekin yaqin kelajakda uni şahar taşqarisiga – 30-35 km uzoqlikda Angren yoki Çinoz tomonga köçiriş rejalaştirilgan”, − deydi Ravşan Ismoilov.
Uning sözlariga köra, joriy yilda uşbu aeroportda rekonstruksiya işlari olib boriladi. Rekonstruksiya natijasida hozirda 6 mln.ni taşkil etayotgan fuqaro taşiş hajmi yiliga 7-8 mln.ga oşiriladi, röyxatga oliş qatorlari 24tadan 48taga yetkaziladi.
Şuningdek, ma’lum qilinişiça, hozirda qurilişi davom etayotgan “Toşkent-Şarqiy” aerodromi keyingi yilda işga tuşadi.
“Toşkent-Şarqiy” öz fuqaro va yuk terminaliga ega bölgan tölaqonli aeroport sifatida iş boşlaydi. Uni Islom Karimov nomidagi aeroport bilan boğlaş va yagona hab sifatida foydalaniş rejalaştirilgan”, − deydi Ravşan Ismoilov.













