YeTTB korzinka.uz ulushini sotib oldi
YeTTB oziq-ovqat riteyleri korzinka.uz’ning minoritar ulushiga ega bo‘lmoqda. Do‘konlar soni 2023 yilgacha uch barobarga ko‘payadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) korzinka.uz ulushini sotib oldi. Bu bank uchun mamlakatdagi oxirgi 10 yilda amalga oshgan birinchi kapital sarmoyadir.
YeTTB Singapur qonunlari asosida tegishlicha tashkil topgan va Anglesey Food MChJga 100 foiz egalik qiladigan kompaniya Anglesey Investmens’ga 40 million AQSh dollargacha kapital sarmoya kiritib, kompaniyaning kichik ulushini sotib olyapti.
2023 yilgacha korzinka.uz do‘konlari sonini 3 barobarga ko‘paytirish bilan birga, kiritilayotgan sarmoya korporativ boshqaruvni rivojlantirish va ekologik va ijtimoiy standartlarni qo‘llab-quvvatlab sog‘liqni saqlash va xavfsizlik tartibi va uning amaliyotini kompaniyada tatbiq qilishga yordam beradi
2019 yilda YeTTBning 500 million yevrodan ziyod sarmoyasi mamlakatdagi 13ta loyihaga kiritildi va shundan 9ta loyiha xususiy sektorga tegishli. Bugungi kungacha, YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 79 ta loyihalar orqali 1,85 mlrd. yevro sarmoya kiritgan.
Mavzuga oid
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
18:48 / 24.05.2024
YeTTB Markaziy Osiyo bo‘limiga yangi direktor tayinlandi
15:03 / 15.05.2024
YeTTB 2024 yilda Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi prognozini 2,5 foizgacha yaxshiladi
22:40 / 02.05.2024