Bu haqda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) bayonotida ma'lum qilindi. Xitoy gran-prisi 19 aprelda Şanhayda boşlanişi kerak edi.
“Xitoy bosqiçi “Formula-1” taqvimining muhim qismi hisoblanadi, avtosport hamjamiyati Xitoydagi poygani intiqlik bilan kutib qoladi va uşbu mamlakat uçun bunday oğir damda eng ezgu tilaklarni bildiradi”, deyilgan bayonotda.
Xitoydagi poyga 2004 yildan beri ötkazib kelinadi. “Formula-1” bosqiçi oxirgi marta 2011 yilda Bahraynda bekor qilingandi. Bunga uşbu davlatdagi ommaviy noroziliklar sabab bölgan.
“Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti epidemiyani favqulodda holat deb e'lon qilgani sababli, FIA va “Formula-1” bu qarorni çempionat iştirokçilari, xodimlar va muxlislar soğliği va xavfsizligini ta'minlaş maqsadida qabul qildi”, deyilgan xabarda.
Poygalarning joriy yildagi ilk bosqiçi 13-15 mart kunlari Avstraliyaning Melburn şahrida bölib ötadi.













