Ulardan biri «Geodeziya va kartografiya faoliyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi bölib, u bilan 22 yil muqaddam qabul qilingan, bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydigan amaldagi qonunni yangi tahrirda qabul qiliş közda tutilmoqda.

Ta'kidlanganidek, qonun loyihasi orqali bugungi kun tendensiyalari va şartlariga töla mos keladigan geodeziya va kartografiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solişning huquqiy asosi mustahkamlanmoqda.

Loyiha geodeziya va kartografiya faoliyatining mohiyatini, xususan, sun'iy yöldoş tizimlaridan foydalanişda hamda kartografiya-geodeziya kadastrini yuritişda axborot-kommunikatsiya, raqamli texnologiyalarni joriy etiş bilan boğliq masalalarni ham özida aks ettirgani bilan ahamiyatli.

Majlisda mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi natijasida soha faoliyatida bir qator özgarişlar yuz berişi aytib ötildi. Xususan, materiallar va ma'lumotlarning töliqligi, işonçliligi, xarita va planlarni yaratiş hamda yangilaşda raqamli texnologiyalarni qöllaş ta'minlanişi qayd etildi.

Şu bilan birga, geodeziya va kartografiya faoliyatini taşkil etişda maxsus vakolatli hamda davlat hokimiyati organlarining uşbu sohadagi vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Ayni maqsadda amaldagi qonunning 12 ta moddasi özgartiş va qöşimçalar bilan töldirilib, 33 ta yangi modda kiritilmoqda.

Taklif etilayotgan loyiha orqali amaldagi tahrirda mavjud bölgan havolaki normalar çiqarib taşlanmoqda. Bu bir qator masalalarning amaliyotda huquqiy yeçimini topişi hamda qonunning töğridan-töğri işlaşini ta'minlaşga xizmat qilişi ta'kidlandi.

Qonun loyihasiga geodeziya va kartografiya faoliyatida qöllaniladigan an'anaviy 22 ta tuşunça hamda 6 ta prinsip kiritilişi sohada yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solişda muhim ahamiyat kasb etişi aytib ötildi.

Mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan birinçi öqişda ma'qullandi.