Bu haqda Xorazm viloyati statistika boşqarmasi ma'lumot bermoqda.

2019 yilda viloyatda 41,2 ming çaqaloq tuğilib, 8,5 ming kişi vafot etgan. Natijada, aholining tabiiy ösişi 32,7 ming kişini taşkil qilgan. Şuningdek, 5,8 ming kişi viloyatga yaşaş uçun köçib kelgan bölsa, 7,4 ming kişi köçib ketgan.
Viloyatda qişloq aholisi şahar aholisiga nisbatan köproq bölib qolmoqda. Xususan, şahar aholisi soni 619,3 ming kişini (jami aholi sonidagi uluşi 33,2 foiz), qişloq aholisi soni 1247,4 ming kişini (66,8 foiz) taşkil etadi.

Viloyatning eng katta şaharlari – Urgançda 143,9 ming, Xivada
92,1 ming aholi istiqomat qilmoqda.
Hududlar kesimida tahlillar şuni körsatyaptiki, 2020 yil 1 yanvar holatiga eng köp aholi soni Hazorasp tumanida qayd etilgan – 247,8 ming kişi (yoki viloyat aholisi sonidagi uluşi 13,3 foiz). Keyingi örinlarda Urganç tumani – 197,5 ming (10,6 foiz) va Xonqa tumani – 185,5 ming (9,9 foiz) bormoqda.

2019 yil davomida qayd etilgan nikohlar soni 15,8 mingni taşkil qiladi. Bu esa 2018 yilga nisbatan 0,2 mingtaga kamdir. Umuman olganda sönggi uç yil davomida nikohlar soni kamayib borayotganini kuzatiş mumkin. Nikohdan ajralişlar soni esa yiliga mingtani taşkil qilyapti.
Nurmuhammad Said tayyorladi











