Alibaba Group kompaniyasi 2019 yilni juda muvaffaqiyatli yakunladi. Biroq kompaniya rahbari Deniyel Çjan Covid-19 koronavirusi kompaniyaning butun biznesiga salbiy ta'sir qilişidan ogohlantirgan.
        
Kompaniya hisobotiga köra, 2019 yil 4-çorakda Alibaba’ning tuşumi 23,2 mlrd dollarni taşkil qilgan va 2018 yilning şu davriga nisbatan 38 foizga ösgan. Kompaniyaning sof daromadi esa 56 foizga ösib, 7,5 mlrd dollarga yetgan. Bunday muvaffaqiyatga 11 noyabrda Xitoyda nişonlanuvçi “Böydoqlar kuni”da örnatilgan yangi savdo rekordi ham sabab bölgan.    

Biroq kompaniya istiqbolda barça bölinmalari körsatkiçlari pasayişidan ogohlantirgan. Alibaba ma'lumotlariga köra, Uniqlo, Big Eve va Estee Lauder kabi yirik brendlarning savdosi hajmi epidemiya sababli bir oyda 40-80 foizgaça kamayib ketgan. Şuningdek, koronavirus sababli kompaniyaning köplab xodimlari yangi yil ta'tillaridan keyin işga çiqmagan va şu sababli tovarlar yetkazilişi izdan çiqqan.