Eslatib ötamiz, 2019 yil 5 oktabr kuni soat taxminan 04:30larda Şayxontohur tumani, Kirkiy köçasida joylaşgan uyning yotoqxonasidan, şu xonadonda istiqomat qilib kelgan A.A.ning (1993 y.t., XATB “Universal bank” Toşkent filiali bölim boşliği lavozimida işlagan) murdasi böyin sohasidan dazmol şnuri bilan böğilgan holatda topilgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, A.A.ning ölimi böyin a'zolarining sirtmoq bilan böğilişidan kelib çiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuz berganligi aniqlangan.
Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanişiça, K.A. turmuş örtoği A.A. bilan örtalarida kelib çiqqan özaro nizo sababli uni qasddan öldiriş haqida qarindoşi O.X. bilan jinoiy til biriktirgan.
O.X. 2019 yil 4 oktabr kuni soat 19:00larda A.A.ning yaşaş uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, K.A. bilan uning turmuş örtoği A.A.ni öldiriş uçun qulay fursat kutib, 2019 yil 5 oktyabrga ötar keçasi soat 00:30larda yotoqxonaga kirib, A.A. uyğoq bölganligi sababli uning ustiga çiqib, yuz qismiga çap qöli muşti bilan bir neça zarbalar berib, söngra oldindan tayyorlab qöyilgan dazmol elektr simi bilan böyin sohasidan böğa boşlagan.
Natijada, A.A. öziga nisbatan bölayotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoşlarini yordamga çaqira boşlagan vaqtida K.A. öz turmuş örtoğining yuz qismiga yostiq bilan bosib, uning nafas yöllarini berkitib, A.A.ni qasddan öldirişgan.
Sudda O.X.ga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi, marhum A.A.ning turmuş örtoği K.A.ga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.












