Iqtisodiyot | 12:22 / 14.02.2020
8645
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari hajmi qariyb 30 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» qariyb 30 mlrd dollarga yetdi

Foto: Shutterstock.com/Roman Bodnarchuk

Markaziy bank (MB) O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari statistikasini yangiladi.

2020 yil 1 fevral holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 29,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Xalqaro zaxiralar - 29,4 mlrd dollar. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor xorijiy valuta (12,6 mlrd dollar) va oltin (16,9 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.

Markaziy bank ushbu ma'lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017 yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar qariyb 30 milliard dollardan oshdi.

Ular asosan oltin narxining o‘sishi hisobiga o‘sdi, sababi oltinning o‘zi 2019 yil oktabr oyida bo‘lgani kabi deyarli bir xil - 10,8 million troya unsiyasi (banklar va zargarlar tomonidan ishlatiladigan og‘irlik birligi 31,1034768 gramm). Agar tonnaga aylantirilsa, bu 336 tonnaga teng.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

2019 yil kuzida O‘zbekiston 13 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma'lum bo‘ldi. Bu tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan to‘rt baravar ko‘p.

Bundan oldin, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari hajmi rekord darajaga yetgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid