Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Özbekiston tarixi davlat muzeyi va uning filiali “Toşkent muzeyi”ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 noyabrdagi “Adiblar xiyobonida atoqli söz san'atkorlari va jamoat arboblari xotiralariga bağişlab yodgorlik majmualarini örnatiş hamda “Toşkent muzeyi” faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 905-sonli qaroriga muvofiq Fanlar akademiyasi Özbekiston tarixi davlat muzeyi filiali “Toşkent muzeyi” taşkil etilgan.
“Toşkent muzeyi”ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Toşkent tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasi hamda muzeyşunoslik yönalişlari böyiça ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriş;
Toşkent vohasidagi qadimiy tarixiy yodgorliklarni izlab topiş, töplaş va ularni örganiş maqsadida boşqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ekspeditsiyalar taşkil etiş;
muzey körgazma zallaridagi eksponatlar orqali xalqni tarix bunyodkori va moddiy-ma'naviy boyliklarni yaratuvçi sifatida körsatiş, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixni yoritiş;
respublika ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda oçiq darslar, ma'ruza va seminar maşğulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot ötaşini ta'minlaş;
kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, xodimlar tarkibini iste'dodli olimlar, yoş ilmiy kuçlar bilan doimo töldirib boriş.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Fanlar akademiyasi Özbekiston tarixi davlat muzeyi fan va ta'lim integratsiyasini yanada rivojlantiriş, muzeyni kadrlar bilan ta'minlaş maqsadida Mirzo Uluğbek nomidagi Milliy universitet tarix fakulteti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda muzeyda tarix, muzeyşunoslik va restavratsiya böyiça qöşma kafedralar taşkil etadi.
Moliya vazirligi:
Muzey rahbari va ilmiy xodimlari, şu jumladan, muzey filiali ilmiy xodimlarining iş haqi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoşlariga tenglaştiradi.











