Loyihaga köra, 2020 yil 1 iyunga qadar Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi va amaliy çora-tadbirlar işlab çiqiladi.

Bunda:

  • oliy ta'lim standartlarini xorijiy tajriba asosida takomillaştiriş;
  • ta'lim yönalişlari va öqitiladigan fanlarni qayta körib çiqiş;
  • mutaxassislikka aloqasi bölmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartiriş;
  • kredit-modul tizimini joriy qiliş tartibini işlab çiqiş;
  • talabalar bilimini baholaşning zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş;
  • fan dasturlari va öquv rejalarini takomillaştiriş;
  • professor-öqituvçilar faoliyatini yangi tizimga muvofiqlaştiriş;
  • özini-özi moliyalaşga ötgan oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta'minlaş maqsadida ularning huquqiy maqomi va budjet taşkilotidan farqini aniq belgilaş, şu jumladan, ularga oliy ta'lim muassasasini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini mustaqil sarflaş va öz balansidagi mol-mulkni mustaqil tasarruf qiliş, xususan, mol-mulkini ijaraga beriş va kelgan tuşumlarni töliğiça özida qoldiriş tartibini joriy qiliş;
  • budjet taşkilotlariga nisbatan belgilangan çeklovlar özini-özi moliyalaşga ötgan oliy ta'lim muassasalariga tatbiq etilmasligini belgilaş;
  • Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda oliy ta'lim muassasalari örtasidagi munosabatlar çegarasini aniq körsatiş;
  • vazirlik sohada regulyator sifatida barça oliy ta'lim muassasalari uçun bir xil siyosat yuritişi, umumiy talablarni qöygan holda ularning ta'lim mazmuni va usuli borasidagi faoliyatiga aralaşmasligi nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud bölgan vazirlik va idoralar.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida oliy ta'limdagi mutaxassislikka aloqasi bölmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirilişini aytgan edi. Hozir OTMlardagi öquv rejalari va dasturlarida ixtisoslikka xos bölmagan fanlar uluşi 18 foizga teng.

Öz navbatida, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov ham OTMda öqitilayotgan nomutaxassislik fanlari qisqartirilişi masalasiga munosabat bildirdi