Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov «Human» xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar bilan uçraşdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, hukumat rahbari bundan keyin taşqi mehnat migratsiyasi bilan faqat Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi şuğullanişi maqsadga muvofiqligini qayd etib ötgan.

Boş vazir şuningdek, prezident topşiriği bilan «Human» XBAdan zarar körgan 1080 nafar fuqaro mablağlari tölab berilişini ma'lum qilgan.
Mablağlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamğarmadan qoplanadi, keyinçalik bu pullarni agentlikdan undiriş çoralari köriladi.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 yil kuzidan boşlab ruxsat berilgan edi. Şundan keyin ötgan bir yil davomida 66ta XBAga fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş bilan şuğullaniş uçun litsenziya berilgan.

Hozirda bir neçta XBA ustidan jinoyat işi oçilgan.
Eslatib ötamiz, bugun kunning birinçi yarmida «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr çekkan 50dan ortiq kişi Toşkent şahridagi Mustaqillik maydoni yonida töplanib, pullarini qaytarişni talab qilişgandi. Voqea joyida aholi vakillari bilan muzokara ötkazgan rasmiylar hukumat rahbarlari bilan uçraşuv belgilaşgandi.











