Mamlakatda qiş fasli davom etayotgan bölsa-da, Surxondaryo viloyatida bodom gulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beryapti.
Fevral oyi boşida respublika böylab iliq ob-havo kuzatilgan bölsa-da, sönggi kunlarda yomğir va qor yoğişi, havo biroz sovişi kuzatildi.
Ma'lumot uçun, bodom 100, hatto 130 yilgaça yaşaydi. Köçati kuzda yoki bahorda ekiladi. Soz va toşloqi tuproqli, suğoriladigan böz yerlarda yaxşi ösadi. Daraxti 4—5 yildan boşlab meva beradi, 12—15 yili töliq hosilga kiradi. Bir tupidan 60— 80 kg gaça hosil olinadi. Daraxti 20— 25 daraja sovuqqa bardoş beradi.

















