Pedagogik ta'limning 6ta yönalişi böyiça öqiş muddati 3 yil qilib belgilanadi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilişiça, 2020 yil 1 aprelga qadar Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

2020/2021 öquv yilidan pedagogik ta'limning 6 ta yönalişi böyiça öqiş muddatini 3 yil qilib belgilaş;

oliy ta'lim muassasalarining hududlardagi pedagogik ta'lim yönalişlari, mutaxassisliklari va ayrim filiallari negizida Pedagogika institutlari faoliyatini yölga qöyiş nazarda tutiladi.

 Mas'ullar - Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud bölgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi.

Şuningdek, oliy ta'lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta'lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qiliş möljallangan.

2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Loyihada:

kamida 5 ta oliy ta'lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta'lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilişni boşlaş;

mazkur jarayonga xorijiy moliya institutlarining grantlarini jalb qiliş nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud bölgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.