Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Anqara şahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Özbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boşqa ustuvor yönalişlarda hamkorlikning holati va istiqbollari körib çiqiladi. Şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar böyiça fikr almaşiladi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşadi, Turkiya Respublikasi prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etadi.