Bugun, 18 fevral kuni Toşkent viloyatidagi «Böston» sanatoriysida joylaştirilgan 294 nafar fuqaroni karantin muddati yakuniga yetişi munosabati bilan uyiga kuzatiş marosimi bölib ötdi.

«Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Xitoydan olib kelingan fuqarolarimiz 14 kun davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat'iy karantin holatida saqlandi. Şu davr yakuniga qadar tibbiy kuzatuv va maxsus laboratoriya tekşiruvlari töliq, xalqaro standartlar böyiça olib borildi. Karantinda bölgan fuqarolar birinçi kun va inkubatsiya davrining tugaşi bilan, ya'ni ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yöqligini aniqlaş böyiça virusologik laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yöqligini aniqlab berdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

«Böston» sanatoriysi töliq karantin talablari asosida jihozlandi. Kuzatuv olib boriş uçun tegişli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta'minlandi. Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilib, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflaş materiallari, şuningdek, şaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlandi. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan şahri va Xitoyning boşqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bölib, muntazam tibbiy tekşiruvlardan ötkazildi. Şuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barça kerakli maişiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi. Oşxonalarda 14 kunlik taomnoma tuzilib, kuniga uç marta sifatli ovqatlaniş taşkil etildi», – deydi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitaniya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov.




















