Biz Maksim bilan Kiyevda uçraşib, Kun.uz va Tribuna.uz öquvçilari uçun maxsus intervyu taşkil etdik.

Sobiq hujumçi Yevropa futbolidagi karerasi, Özbekiston milliy jamoasi va özbek futbolining hozirgi holati haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.

– Futboldagi dastlabki qadamlaringizni qanday taşlagansiz. Birinçi murabbiyingiz, birinçi jamoa va ilk yutuqlaringiz haqida gapirib bersangiz.

– Sizlarni Ukraina poytaxti Kiyevda körib turganimdan xursandman. Futboldagi dastlabki qadamlarim an'anaviy tarzda köçadan boşlangan. Sportçilar oilasida tuğilganim uçun kelajakda sportçi bölişim aniq edi.

Birinçi sinfdan «Paxtakor»ning bolalar va ösmirlar sport maktabiga (BÖSM) qabul qilinganman. Birinçi murabbiyim – Sergey Mixayloviç Kovalyov. BÖSMni tugatgaç, «YuTKO» klubi bilan ikkinçi ligada (Toşkent şahar çempionatida – tahr.) öynaganmiz va yakunda ğalaba qozonganmiz. Şundan söng, Rossiyaga ketganman.

Yoş Maksim Mirjalol Qosimovdan mukofotni qabul qilib olmoqda

– Siz faoliyatingiz boşidan hujumçi bölmagansiz, töğrimi?

– Har doim hujumçi bölganman... Ammo... bolalar va ösmirlar sport maktabida meni markaziy himoyaçi nuqtasida ham öynatişgan, çunki tezligim yuqori bölgan (kuladi).

Sönggi himoyaçi bölib ham öynaganman. Avval «tozalovçi» himoyaçilar bölardi, şu nuqtada ham mendan foydalanişgan. Çunki mendan heç kim qoçib ketolmasdi (kuladi). Quvib yetib, xavfni bartaraf qilardim – bolalikda bu menga yoqardi.

– Professional faoliyatingizning boşida (1996-1999 yillarda) siz Rossiyaning quyi ligalari vakillari «Sokol», «Torpedo» (Voljskiy), «Lada-Tolyatti», «Gazovik-Gazprom» va «Baltika» kabi klublarda öynagansiz. Kamdan-kam yuz beradigan voqea – Özbekiston Oliy ligasida birorta öyin ötkazmasdan Rossiyaga ketgansiz. Bu holat qanday yuz bergan?

– Bundan oldinroq ham Rossiyaga borganman. 1993 yili (