Mahalliy klublar nega davlatga, hokimlarga yoki homiyga qaram bölib qolmoqda? Mavjud vaziyatdan çiqiş uçun qanday qadamlar qöyilişi kerak? Kun.uz jurnalisti Qahramon Aslanov navbatdagi maqolasida şu haqda söz yuritdi.
Foto: Tribuna.uzFoto: Tribuna.uz
Bugungi futbol muxlisi avvalgilardan ança farq qiladi. Biz bu davrda faqat maydonda futbol tomoşa qilişdan taşqari, turli tahliliy maqolalarni öqiymiz, nafaqat taktika, balki turli moliyaviy jihatlarni ham kuzatib boramiz, futbol xöjaligi haqida yetarliça tuşunçalarga egamiz. Ayniqsa, transferlar oynasi oçiq bölgan paytda aynan şu qism old planga çiqadi, «moliyaviy feyr-pley», PSR yoki «maoşlar limiti» kabi iboralarga köz tuşadi. Göyoki, boşqa dunyoni çetdan kuzatayotgandek tasavvur uyğonadi – bu butunlay boşqaça futbol, boşqaça munosabatlar.
Bunday qoidalar faqat klublar örtasidagi raqobatni ta’minlaş, boy va kambağallar örtasidagi masofani kattalaştirmaslik uçungina emasligini bilsak-çi? Özimiz guvoh bölgan yaqin tarixda ham futbolni ovunçoqqa aylantirmoqçi bölgan milliarderlarni kördik, oqibatda butun boşli klublar jabr kördi ham.
UYeFA va ligalar qat’iy şaklda daromadlar va xarajatlarni nazorat qilişi, öziga xos muvozanatni ta’minlaş uçun izlanişi ostida aynan mana şu omil ham yotibdi – futbol doim yangilanib turadigan şaroitlarga moslaşuvçan bölişini ta’minlaş, uning doim yaşab qoliş xususiyatini quvvatlaş. Mana şu yerda mohiyatan Özbekiston futboliga boğliq jihatlar ham örtaga çiqadi, bizning ham maqsadimiz şu ekan, velosiped ixtiro qilişdan nima naf, qaçondir öşa ölçovlar tomoş yuriş, heç bölmasa maqsad sifatida belgilaş töğri emasmi?
Çeklovlar nima uçun kerak?
Yevropadagi moliyaviy çeklovlar yuqorida aytilganidek, asosan futboldagi xarajatlar va daromadlar muvozanatini nazorat qiladi: har qanday klubning xarajatlari uning aynan futbol sohasidan kelayotgan daromadlaridan keskin farq qilmasligi kerak. Sababi tuşunarli, bu klubning aynan futbol şartlaridagi barqarorligini ta’minlaydi, çetdan oqimlarsiz ham yaşab qoliş xususiyatini paydo qiladi.
Savol tuğiladi. Xöp, Roman Abramoviç kabi bir milliarder çiqib, öz klubiga öz pullarini sarflab, uni kuçaytirsa, nimasi yomon? Gap şundaki, çetdan qöşimça pullar kirib kelişi klub xarajatlarini ham oşiradi. Aytaylik, yangi futbolçilar jalb qilingaç, şartnomalar qiymati ham oşadi. Bunday xarajatlar doimiy bölgaç, albatta, doim çetdan pul tortişning iloji bölmay qolişi mumkin. Daromadlar esa endi sun’iy ravişda ösgan xarajatlarni qoplay olmaydi. Uyoği bankrotlik sari bir qadam, biz bitta muvaffaqiyatli «Çelsi» loyihasiga qarab, muvaffaqiyatsiz «Malaga», «Porsmut» kabi loyihalarni unutib qöyamiz gohida.
Ijtimoiy va xöjalik futboli
Futbol öyini paydo bölişidan boşlab uning taraqqiyoti bir butun ölaroq davom etgan bölsa-da, iqtisodiy tomondan bir-biri bilan kesişmaydigan ikki parallel yönalişda yaşagan. Buni şunçaki, futbol klublarining paydo böliş tarixiga qarab ham anglaş mumkin. Aytaylik, ğarbdagi klublarni olsangiz, birini talabalar taşkil qilgan, ikkinçisini biror zavod işçilari, yoki biror mulkdor – ya’ni klubning xöjalik yuritişi, xarajatlar uçun pul topişi ilk qadamlardayoq tabiiy ehtiyoj bölgan.
Mavzuga oid
Sobiq ittifoqda esa «Spartak» yoki «Dinamo»ning paydo bölişiga qaraş mumkin – ijtimoiy motiv. Ba’zida mahalliy hokimiyat şaharga, ba’zida biror zavod yoki vazirlik öz işlovçilariga ijtimoiy boylik beriş uçun futbol jamoasi tuzişgan.
Ligalar ham şu. Ğarbda avval klublar paydo bölib, keyin ular özaro musobaqalaşiş uçun taşkilotçiga, ya’ni Ligaga ehtiyoj sezgan bölsa, sobiq ittifoqda Liga tuşunçasi birlamçi, keyin uni töldiriş uçun joylarda klublar paydo böla boşlaydi.
Bu aslida juda keskin farq. Futbol xarajatlari xususiy ekan, tabiiy ravişda daromadga ehtiyoj paydo böladi va eng muhimi, uşbu xarajatlar öz asosiga ega böladi – boşqa sohalar bilan munosabat uçun bu muhim. Masalan, öz vaqtida Diyego Maradonani «Barselona» 3 million dollarga sotib olgan va bu öz davrining rekordi bölgan. Hozir oddiy futbolçiga ön barobardan köp mablağ sarflanyapti. Taqqoslaganda tentaklik, ammo bu xarajatlar moliyaviy asosga ega. Birinçidan, inflatsiya, ikkinçidan, futbol klublari bir neça barobar köproq daromad qila boşlaşdi. Har ikkisi ham boşqa iqtisodiy sohalar bilan mantiqiy zanjirga ega bölgani uçun muammo yöq.
Endi boşqa misol. Ön yetti yil oldin «Bunyodkor» sarflagan pullar bilan bugungi klublarni soliştiring. Öşa «Bunyodkor» bir neça barobar köp sarflagan, töğrimi? Xuddi yuqoridagi misol singari buni iqtisodiy oçiqlay olamizmi? Boşqa sohalar bilan zanjir bormi, masalan, öşanda mamlakat boy edi, hozir kambağallaşganmiz, deb bilvosita tuşuntiriş mumkinmi? Yöq, albatta. Şunçaki, öşanda şunça sarflaş istagi bölgan, tamom.
Biz qaysi yöldan boramiz?
Aslida özi bitta yöl qolgan. Ötgan asr oxirida sotsializm emas, kapitalizm ğalaba qozongaç, tabiiy ravişda futbol ham töliq öşa tomonga oğdi. Agar sotsializm ğalaba qozonib, «böldi, futbol insonlar uçun, çipta tekin bölişi kerak, translatsiyaga pul tölanmasin, klublar xususiy bölmasin» degan qoidalar davom etganida, aksinça, narigi taraf bu tomonga ötişga qiynalgan bölardi. Teskarisi böldi, demak, ijtimoiy emas, iqtisodiy munosabatlar futbolda ham birlamçi bölişi lozim.
Yölimiz aniq va buni Özbekiston prezidentining 2018 yildagi qarori va 2019 yildagi farmonidan ham anglaş mumkin. Qarorlarni öqisak, eng boşidan futbol bizda ijtimoiy mahsulot – sobiq ittifoqda yaşaganmiz, keyin ham doim qarorlar bilan davlat futbolni rivojlantirişga harakat qiladi, moliyalaştiradi. Ammo aniq qilib yozilgan – futbol xususiylaştiriş yölidan borişi, 2030 yilda esa hamma klublar xususiy bölişi kerak. Ya’ni biz bosqiçma-bosqiç mana şu ijtimoiy mahsulot yaratişni xususiy sektorga ötkazişimiz, futbolni iqtisodiy mahsulotga aylantiriş harakatlarini amalga oşirişimiz lozim.
Tabiiyki, savol tuğiladi, bu ketişda, 2030 yilda nimani kutiş mumkin? Yangi qaror çiqib, muddat 2035 yilgaça uzayişi yoki 16 ta «Turon» bilan qolişimiz? Agar futbol daromad qilmasa, xususiy sektorga faqat xarajatlarni ağdariş bilan iş bitadimi? Daromad olmasdan yiliga bir neça ön milliard pul sovuradigan odamni yo soliq idorasi yo soğliq idorasi tekşirişi kerakmasmi?
Futbol daromadi nima?
Biz köpinça, futbol klubi daromadlarini çalkaştiramiz. Bir futbol klubi qoşida qanaqadir tikuv sexi yoki çorvaçilik fermasi işlaydi – bu futbol daromadi emas. Yoki «Paxtakor» budjetdan pul olmaydi, töliq xususiy deyiladi. Jahongir Ortiqxöjayev klub xöjayini sifatida «Artel»dan pul olib, «Paxtakor»ga sarflaşi, ha, budjetdan pul olmayapti, ammo bu ham notöğri. Ertaga «Artel»ning yoki «Paxtakor»ning boşqa insonga ötişi bu moliyaviy oqimni töliq kesadi – eng yuqorida aytganimiz – klubning mustaqil yaşab qoliş xususiyati boşqalardan farqli emas.
Futbol daromadlari bu klubning aynan futbol faoliyatidan olib kiradigan pul mablağlari:
Matchday, ya’ni öyin kuni daromadlari – stadionga kiriş çiptasi, öyin kunlaridagi savdo şoxobçalari va ovqatlaniş nuqtalari orqali savdolar;
Translatsiya daromadlari. Öyinlarni olib körsatiş uçun telekanallar tölagan pullardan uluş;
Transferlar. Futbolçilarni sotişdan keladigan tuşum;
Homiylik şartnomalari. Libosda, stadionda turli reklamalar orqali kirimlar;
Mukofot pullari. Turli turnirlarda körsatiladigan natijalar uçun olinadigan mablağlar;
Muxlislar bilan işlaş, libos yoki boşqa atributkalarni sotişdan keladigan tuşumlar va hokazo.
Agar har qanday klub şu yönalişlarda daromad qilib, öz xarajatlarini qoplaşga erişsa, iqtisodiy jihatdan töla mustaqil bölib, boşqa sohalar bilan munosabatga kirişiş, turli şartlarda yaşab qoliş imkoniyatiga ega böladi.
Bizda ahvol qanday?
Ma’lumotlarga qaraganda, Superligada qatnaşayotgan klubning yillik budjeti eng kam 30 milliard sömdan boşlanadi. 100 milliard sömdan oşganlari ham bor. Albatta, bu summalarni töliq davlat beryapti, deyiş xato, yuqorida aytilganidek, «Paxtakor» kabi xususiy maqomidagi klublar bor. Ammo agar professional nomi bölgan klublarimizni Yevropadagi ölçovlarga solib körsak, nima çiqadi? Ba’zilar kulişi mumkin, biz qayerda, Yevropa qayerda deb. Lekin xöjalik munosabatlari butun dunyoda bir xil, biz agar xususiy futbol sari ketayotgan ekanmiz, öşa xususiy futbol yaşab qolişi uçun, ertaga «Turon»ga aylanmasligi uçun aynan öşa ölçovlarga solişimiz, öşa qolipga moslaştirişga urinişimiz lozim va boşqa yöl yöq.
Superligada örtaça taşrif 5-6 ming atrofida. Çipta sotiş orqali 300 million sömga yaqin mablağ topiş mumkin, bu yil davomida 15 öyinda 4 milliard sömgaça yetib boradi. Bu yillik budjetning 10 foizi atrofida. Translatsiyalar va mukofotdan pul yöq, çunki bizda teskari – APL klublarga pul tarqatsa, bizda klublar PFLga badal puli tölaydi. Transferlar orqali daromad qiliş doimiy yölga qöyilmagan – faqat ba’zida, kam sonli futbolçilarni çet elga sotiş orqali bir martalik daromadlar kuzatiladi, xolos. Uzoq muddatli şartnomalar kamligi uçun içki transferlar asosan erkin agentlar örtasida keçadi.
Boşqa yönalişlarda ham nolga yaqin raqamlarni köramiz, ya’ni ham davlat, ham xususiy pullarni qöşganda klublarga har yili 500 milliard sömdan ortiq pul sarflanayotgan mablağ 10 foizini ham daromad sifatida qaytarmayapti. Tabiiyki, yana öşa savolni qaytariş mumkin – futbolimiz xususiylaştiriş uçun qançalik tayyor?
Iqtisodiy motiv yöqligi
Eng yomon tomoni, futboldagi bugungi ahvol bilan öşa qaror çiqqan 2018 yil örtasida sezilarli farq yöqligi. Buni boqimandalik xarakteri deyiş ham mumkin.
Tasavvur qiling, bir klubga avgust oyida 50 million söm qöşimça pul zarur. Iqtisodiy şartlarda klub egasi qanday fikrlaydi? Futbol daromadlari toifasidagi biror punkt böyiça iş olib boriş kerak. Aytaylik, şu oyda ikkita uy uçraşuvi bor. Qanaqadir qöşimça xizmatlar yaratiş orqali çipta narxini biroz özgartiriş mumkin. Yoki biror homiy topadi, xullas, qanaqadir ğoya, ozgina mehnat qiliş kerak. Yana bitta yöl bor. Viloyat hokimini şu pul kerakligiga işontiriş. Öşa homiylarni jalb qilişni ham şunday amalga oşiriş mumkin – faqat siz ortiqça ğoya, homiyni qiziqtirişi mumkin bölgan taklifni yaratmaysiz, şunçaki, hokim iltimosi orqali hal böladi.
Xuddi şu şaklda iş zavod direktori bilan ham bitişi mumkin. Muhim jihat şundaki, futbol xarajatlari yana futbol emas, mahalliy budjet yoki «Artel»ning foydasi hisobidan qoplanyapti. Bu esa klublarda iqtisodiy yönalişda iş olib boriş, mana şu sohadagi mutaxassislarni jalb qiliş ehtiyojini yöqqa çiqaradi.
Maoşlar va şaffoflik
Qarorda ÖFA davlat uluşi bölgan korxonalarga biriktirilgan klublarni monitoring qiliş huquqi ham berilgan. Lekin men heç qaçon biror klubning moliyaviy hisoboti oçiqlanganini körmadim, qaysi futbolçi qança maoş olişi sir tutiladi. Maoşlar oçiqlab borilsa, yana bir qöşimça muammo paydo bölişi ham mumkin – xalq bu ma’lumotlarga tayyormi?
Bir paytlar bir futbol funksioneri bilan bahslaşib qolgandim. Qaysidir özbek futbolçisining maoşi kattaligi haqidagi e’tirozimga Ueyn Runining maoşini misol qilib keltirgan, yevropalik futbolçilar bilan taqqoslaganda biznikilar juda kam olişini ta’kidlagan. Hozir ham köp aytiladi, ta’lim yoki madaniyat sohalariga ajratilgan pullarga nisbatan olganda futbolga qilinayotgan xarajatlar özini oqlayapti, jahon çempionatiga çiqdik, deb va hokazo.
Lekin bu yerda e’tibor beriş kerak bölgan jihat boşqa yerda. «Liverpul» Florian Virs uçun oyiga bir million funt maoş berişi mumkin, çunki klub futboldan, xususan mana şu Virsning öyinlari yordamida köproq pul topadi. Klub daromad qiladi va şu daromaddan sarflaydi. Şuning uçun Angliyadagi oddiy öqituvçining maoşi bilan Virsniki örtasida yuz barobar farq ham heç kimni taşvişga solmaydi. Har bir qiymat öz asosiga ega.
Endi, Superligada töp suradigan futbolçi öqituvçidan ön barobar köp maoş olişini ommaga tuşuntira olamizmi? Şartli «Artel» biror xodimini yaxşi işladi, şuning uçun katta daromad qildik, deb 100 million söm maoş belgilaşiga heç kim e’tiroz qilmaydi. Qandini ursin, lekin futboldagi maoşlar iqtisodiy asosga ham ega emas, çunki şunga mos daromad yöq va ijtimoiy asosga ham ega emas, çunki mamlakatdagi boşqa sohalar bilan taqqoslaganda adekvat emas.
Ya’ni aslida avval daromad paydo bölib, keyin xarajat qiliş örniga, avval xarajat paydo bölib, keyin pul axtariş – butunlay teskari jarayon.
Taklif
Hammasini juda uzoqdan olib kelganimning sababi, quyidagi yoziladigan taklifga çuqurroq mazmun qöşiş edi, xolos. Futbolda avval mahsulotni yaratib, keyin xaridor izlanadi. Töğri, lekin buning teskari namunalari ham bor: masalan klublar örtasidagi jahon çempionati. Avval yöq mahsulotga xaridor topildi, katta pul sarflaşdi, bu esa mahsulot yaratuvçi klublar uçun ham motivatsiya bölib xizmat qildi.
Xullas, baribir futbolga budjetdan yoki boşqa sohalardan pul kirib kelayotgan va u qaytarib olinmayotgan ekan, xuddi şu jarayonni boşqaçaroq sxemada bajarişni taklif qilaman. Bu raqobatga ham, şaffoflikka ham, futbol daromadlarini oşirişga motivatsiyaga ham, umuman yangi klublar paydo bölişiga ham sabab bölişi mumkin.
Birinçi qadam. Alohida futbol uyuşmasi taşkil etiladi. Hozirda bevosita va bilvosita futbolga berilayotgan pullar klublarga emas, aynan şu uyuşma hisobida yiğiladi. Uyuşma mustaqil holda boşqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilişi, u yerdan ham pul tortişi mumkin.
Ikkinçi qadam. Superliga translatsiyasi uçun tender e’lon qilinadi. Albatta, hali mahsulot yöq, hozirgidek heç kimga liga qiziq bölmasligi mumkin. Lekin öşa uyuşmada yiğilgan pul telekanalga ötkazib beriladi. Telekanal translatsiya xarajatlarini çegirib, qolgan hamma pulni PFLga beradi.
Uçinçi qadam. PFL pulning bir qismini barça klublarga teng uluşda, yana bir qismini esa egallagan örniga qarab, proporsional ravişda mavsum oxirida tarqatadi. APL ingliz klublariga tarqatgandek, translatsiya daromadi sifatida taqsimlab beradi.
Nega PFLga pul berib, şundoq tarqatib qöyaqolmasdan, alohida uyuşma va telekanal aralaştirilyapti, deyiş mumkin. Sababi, uyuşma aynan moliyaviy oqimlar şaffofligi uçun kerak, telekanal esa, pul osmondan tuşmayotgani, translatsiya orqali daromad qilinayotganining imitatsiyasi uçun.
Uyuşma-telekanal-PFL örtasidagi kelişuv turliça bölişi mumkin. Masalan, uyuşma telekanal xarajatlari va foydasini qoplab, translatsiya paytidagi reklamalar (masalan, uyuşmaga pul beradigan kompaniyalarni reklama qilib) bilan özi şuğullanişi yoki kanalning foyda qiliş yönalişini öziga qoldirib, xarajatlarni qoplaşi mumkin.
Sxema qanday işlaydi?
Mana şu holatda klublarimiz budjetida turli toifadagi manbalar vujudga keladi.
«A manba» – PFL tomonidan bir yillik iştirok uçun beriladigan pul. Aytaylik, 10 milliard söm. 16 jamoaga 160 milliard söm.
«V manba» – Mavsumda egallagan örniga qarab, iştirokçi klublarga taqsimlanadigan pul. Misol uçun, çempionga 16 milliard söm, 2-öringa 15 milliard söm, oxirgi öringa 1 milliard söm. Jami 126 milliard söm.
«S manba» – klublarning futbol daromadlari. Yuqoridagi punktlar böyiça çiptalar sotuvi, transferlar, homiylik şartnomalari savdolar va hokazo.
Eng muhimi, klublarda boşqa manbalarga yöl qöyilmaydi. Aytaylik, Jahongir Ortiqxöjayev «Artel»dagi puldan tortib «Paxtakor»ga sarflaşi mumkin emas, bu çetdan keladigan oqim hisoblanib, yöl qöyilmaydi. Yoki viloyat hokimi «qopda pul olib kelib tarqata olmaydi». Turli homiylik şartnomalari bölişi mumkin, ammo bu yerda ham şartnomalar töliq nazorat qilişi, reklama qiymati bozor narxiga yaqinligi tekşirilişi kerak.
Bu futbolga nima beradi?
Avvalo aytiş kerakki, bu taklif baribir ham futbolga sarf bölayotgan şartlar uçun, ya’ni bugungi holatdan bir söm ham qimmat emas. Afzalliklari nimada?
Birinçidan, ligada nisbatan olganda tenglik yuzaga keladi. Farqlar faqat mavsumda egallagan örinlar va «S manba», futbol yönalişidagi mehnatlar evaziga yuzaga kelişi mumkin. Ya’ni ham raqobat oşadi, ham farqlar sun’iy emas, tabiiy böladi. Aslida bugungi kundagi «Arsenal» va «Fulhem» örtasidagi katta farq ham şunaqa yuzaga kelgan – «Arsenal» sovrinlar yutib, daromadlar ustida köproq işlab bugungi farqni yuzaga keltirgan. Mana şu 100 yillik evolyutsion masofani biz «laboratoriya yöli» bilan qisqartirişimiz mumkin.
Ikkinçidan, futboldan taşqari manbalar kesilgaç, tom ma’nodagi xöjalik munosabatlari paydo böladi. Maoşlar osmondan emas, iqtisodiy asosga ega bölgan mablağlardan hosil bölgani uçun adekvat summalarga yaqinlaşadi. Katta summaga legioner olib kelindimi, bu hokim köproq pul bergani uçun emas, jamoaning iqtisodiy bölimi yaxşi işlagani tufayli – yaxşiroq pul topgan, yuqoriroq örin egallagan.
Uçinçidan, Superliga iştirokçisi böliş kamida 11 milliard söm (şartli) pul oliş degani. Ya’ni quyi ligadagi boşqa klublar yoki yangi paydo bölgan xususiy klub uçun öziga yaraşa motivatsiya. Superligaga çiqiş u yerdagi neadekvat summalar bilan raqobatda bankrot böliş emas, boşqalarga yaqin şaroitga erişiş degani.
Törtinçidan, «A manba» özgarmas ekan, boşqalardan ustunlik uçun «V» va «S» manbalarni oşirişga harakat köpayadi. Ikkala manba ham futbol orqali keladi – jamoani taktik tomondan ham kuçaytirib, yuqori örinlarni oliş, futbolçi yetiştiriş, muxlislar bilan işlaş, stadiondagi şaroitlarni yaxşilaş va hokazolar uçun ehtiyoj paydo böladi.
Beşinçidan, klublarda muxlislar oldidagi mas’uliyat paydo böladi. Doim boşqalarning puli köpligi kabi bahonalar ötmaydi, muxlislarda bir xil şaroitda yomon işlagan klublarga örinli e’tirozlar va bosim paydo böladi.
Oltinçidan, klubdagi moliyaviy oqimlar manbasini qisqartiriş orqali ularni tekşiriş, nazorat qilişni osonlaştiriş mumkin. Hozir klub özini özi eplasa, şikoyatlar bölmasa, yetarli, e’tiroz yöq. Aslida futbol uçun ketayotgan pullar bilan ustiga «futbol uçun» deb yozilgan pullar orasida milliardlab farq bölişi mumkin, bilmaymiz.
Yettinçidan, klublar özaro raqobatda «S manba»ni rivojlantiriş payida bölib, tabiiy ravişda pul topişni örgana boşlagan sari, «A» budjetni asta-sekin kamaytirib boriş, rostan ham bir kun kelib futbolimiz iqtisodiy mustaqillikka erişişi mumkin.
Şunga yaqin taklifni bir neça yil avval yozganimda, ba’zi futbol mutaxassislari tomonidan tanqidlarga uçragan, bu umuman ertak sifatida baholangandi. Lekin özimiz bilgan klassik yöl bilan biror joyga yetib bora olmayapmiz. Yana kimdir futbolda sotsializm quramizmi, deb ham kulgandi. Hamma klubning teng bölişi heç qayerda yöq, Yevropada ham, deb. Aslida teskarisi. Aynan futboli rivojlangan Yevropada mana şu tenglik bor. Barça klublar davlatdan teng miqdorda pul olişadi. Nol dollardan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi