Hindistonning Nyu-Dehli şahrida sport kuraşlari böyiça Osiyo çempionati bölib ötmoqda, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
«Musobaqani klassik kuraşçilar boşlab berişdi. Bugungi bahslarda milliy jamoamizning ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgaça yetib kelişdi. Afsuski, Ortiqboyev hal qiluvçi bellaşuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qöydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Şu tariqa Tokio-2020 lisenziati 5 karra Osiyo çempioni degan nomga sazovor böldi. Yana bir vakilimiz Bekzod Umarov -77 kilogramm vazn toifasida bronza medali uçun qirğizistonlik Renat Iliaz Uluga imkoniyatni boy berib qöydi» - deyiladi manbada.
Hindiston. Nyu-Dehli. Osiyo çempionati.
Final:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev – Puya Nosirpur (Eron) 0:8
-63 kg: Elmurat Tasmuradov – Jinsu Song (Janubiy Koreya) 9:0
Bronza medali uçun:
-77 kg: Bekzod Umarov – Renat Iliaz Ulu (Qirğiziston) 0:5.










