-60 kg vazn toifasi vakili, Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi Elmurat Tasmuradov dastlabki bosqiçda ukrainalik Lenur Temirovga töqnaş keldi. Ammo bu bahsda asli Özbekistonda tuğilgan, hozirda Ukraina bayroği ostida qatnaşayotgan, ikki marta Yevropa çempionati bronza medali sovrindori, bir marta Jahon çempionati bronza medali sovrindori bölgan Lenur Temirov 5:0 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqdi.


Endi Tasmuradov bronza uçun kuraşda qatnaşiş uçun Temirov finalga çiqişini kutadi. Temirov çorakfinalda armanistonlik Armen Melikyanni 8:4 hisobida mağlub etdi. Yarimfinalda yaponiyalik Fumito Keniçaroga qarşi bahs olib boradi. Yarimfinal bahslari Toşkent vaqti bilan soat 14:00dan keyin boşlanadi.
-130 kg vazn toifasi vakili Möminjon Abdullayev birinçi davrada estoniyalik Artur Vitininni taslim etdi. Uşbu bahsni öz foydasiga hal qiliş uçun özbekistonlik sportçi 31 soniya sarfladi. Yakuniy hisob 8:0.

2018 yilgi Osiyo öyinlari ğolibi, Osiyo çempionatlarida ikki martadan kumuş va bronza medallariga ega çiqqan Abdullayev çorakfinalda çililik Yasmani Akosta Fernandesga qarşi kuraş olib bordi va 0:2 hisobida yutqazib qöydi.

Möminjon bronzaga ötiş bahslarida qatnaşişi uçun Fernandes finalga çiqişi kerak böladi.
Jahon çempionati bronza medali sovrindori, Janubiy Amerika çempioni, Janubiy Amerika öyinlari ğolibi, Panamerika çempionati ğolibi bölgan çililik sportçi yarimfinalni gruziyalik Yakobi Kajayyaga qarşi ötkazadi.











