Farmonga muvofiq, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tuzilmasida:

a) quyidagi lavozimlar tugatildi:

fuqarolar yiğini raisi örinbosari – ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy masalalar böyiça maslahatçi, fuqarolar yiğini raisi örinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga kömaklaşiş va obodonlaştiriş işlari böyiça maslahatçi, fuqarolar yiğini raisi örinbosari – yoşlar masalalari böyiça maslahatçi, fuqarolar yiğini raisi örinbosari – keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçi.

b) quyidagi lavozimlar kiritildi:

fuqarolar yiğini raisining huquq-tartibot masalalari böyiça örinbosari, fuqarolar yiğini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar böyiça örinbosari, fuqarolar yiğini raisining obodonlaştiriş, tomorqa va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari, oila va xotin-qizlar masalalari böyiça mutaxassis, fuqarolar yiğini raisining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi, fuqarolar yiğini raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi.

v) quyidagi jamoatçilik tuzilmalari tugatildi:

yaraştiriş komissiyasi, ma'rifat va ma'naviyat masalalari böyiça komissiya, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça komissiya, voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiya, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantiriş masalalari böyiça komissiya, jamoatçilik nazorati va iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş böyiça komissiya, “Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi.

g) quyidagi komissiyalar taşkil qilindi:

oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş komissiyasi, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va jamoatçilik nazorati böyiça komissiya.

Hujjatda belgilanişiça:

fuqarolar yiğini raisining huquq-tartibot masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajariş profilaktika katta inspektori, uşbu lavozim mavjud bölmagan taqdirda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatiladi;

har bir mahallada uning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib çiqqan holda kamida bir nafardan profilaktika inspektori xizmatni olib boradi;

fuqarolar yiğini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar böyiça örinbosari lavozimi xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis lavozimi örniga, har bir fuqarolar yiğinida bir nafardan, şuningdek, mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriş tartibini saqlagan holda joriy etiladi;