Vazirlar Mahkamasining “Hisor davlat qöriqxonasining qöriqlanma zonasini belgilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hamda Qaşqadaryo viloyati hokimligining:

Hisor davlat qöriqxonasining unga tutaş hududlardagi umumiy yer maydoni 11 231,3 gektar bölgan qöriqlanma zonasini belgilaş;

umumiy yer maydoni 2 000,0 gektar bölgan Hazrati Sulton platosi, Suvtuşar daryosining bir qismi, dinozavr izlari va Amir Temur ğori obektlarini qöriqxona hududidan uning qöriqlanma zonasiga ötkaziş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanişiça:

qöriqxonaning qöriqlanma zonasidagi yerlar uşbu zonalarda joylaşgan yer egalari, yerdan foydalanuvçilar va ijaraçilar ixtiyorida qoladi;

qöriqxona hududidan uning qöriqlanma zonasiga ötkaziladigan obektlar mazkur qöriqxonaning doimiy foydalanişida qoldiriladi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi bilan birgalikda Hazrati Sulton platosi, Suvtuşar şarşarasi, dinozavr izlari va Amir Temur ğori obektlarida ziyorat turizmi va ekologik turizmni taşkil qiliş uçun zarur infratuzilmani yaratişga investorlarni, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik loyihalari asosida jalb qiliş çoralarini köradi.