Seul yuqori sudi Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Li Myon Bakni (2008-2013 yillar) mablağlarni özlaştiriş va öta yirik miqdorda pora olişda aybdor deb topdi. Yonhap agentligining xabar berişiça, mamlakat sobiq rahbariga 17 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.
Bundan taşqari, 78 yoşli Li Myon Bak 15,7 mln dollar jarima tölaydi.
Prokuratura Li Myon Bakni özi yirik aksiyadori bölgan DAS avtomobil ehtiyot qismlarini işlab çiqaruvçi kompaniya mablağlarini özlaştirişda hamda prezidentlik davrida Samsung Electronics kompaniyasidan pora olişda gumon qilgandi.
Li Myon Bak 2018 yil 22 martda hibsga olingan, 5 oktyabrda Seul yuqori sudi uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Ammo 2019 yil martda u salomatligi yomonlaşgini sababli qamoqdan ozod qilingandi.












