Özbekiston prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonda alohida ta'kidlab ötilişiça, “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor şaxslarining aralaşuviga yöl qöyilmaydi, şuningdek, davlat organlari fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini amalga oşirişi uçun zarur şaroit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oşirişda ularga kömaklaşadi.
Hujjat bilan, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar va tuman (şahar) bölinmalari taşkil etildi hamda vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yönalişlari belgilandi.
Farmon bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tuzilmasida Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari – mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri lavozimi;
viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tuzilmalarida hokim örinbosarlari – mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmalari boşliqlari lavozimi;
tuman (şahar) hokimliklari tuzilmalarida hokim örinbosari – mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği lavozimi.
Boş vazir örinbosari, Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari, tegişli hokim örinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qömitalari raisi lavozimlari tugatildi.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamoat birlaşmasi şaklidagi “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar, tuman (şahar) bölimlarini tugatiş haqidagi qarorlari qabul qilindi.
22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e'lon qiliş töğrisidagi taklif ma'qullandi.












