Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida Özbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib oliş marosimidan söng davlat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi boşlandi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Özaro manfaatli imkoniyatlarni işga soliş, yangi loyiha va dasturlarni amalga oşiriş uçun Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişlarini muntazam ötkaziş zarurligi ta'kidlandi.
Transport sohasidagi aloqalarni kengaytiriş, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro taşuvlarni yölga qöyiş muhimligi qayd etildi.
Intensiv boğdorçilik, baliqçilik, çorvaçilik, naslçilik yönalişlarida Turkiyaning ilğor tajribasini özlaştiriş, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qöşma tadqiqotlar olib boriş masalalariga töxtalib ötildi.
Özbekistonda zamonaviy qöşma klinikalar va diagnostika markazlari taşkil etiş, kiçik biznes, töqimaçilik kabi yönalişlarda qöşma ta'lim dasturlarini amalga oşiriş taklifi körib çiqildi.
«Samimiy ruhda ötgan uçraşuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaşga intiliş qat'iy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.












