Belgilab qöyilişiça, avval berilgan naslçilik xöjaliklari maqomini tasdiqlovçi amaldagi guvohnomalar öz muddatigaça haqiqiy hisoblanadi.

Nizomga köra, naslçilik xöjaliklari maqomi yuridik shaxc va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatida körsatilgan muayyan toifaga va/yoki zotdagi hayvon turiga yoki faoliyat yönalişiga berilişi mumkin.

Naslçilik xöjaliklari maqomi quyidagi toifalar böyiça beriladi:

a) naslçilik xöjaligi sifatida kamida uç yil faoliyat yuritayotgan hamda ma'lum bir sof zot böyiça yuqori mahsuldorlik xususiyatiga ega bölgan hayvonlar podasini urçitiş, yangi liniya, oila va tiplar yaratiş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - naslçilik zavodi maqomi;

b) kamida uç yil davomida nasldor hayvonlarni sof zotli urçitiş usulida faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - naslçilik xöjaligi maqomi;

v) ma'lum bir hayvon zotlarini zamonaviy  usullarda takomillaştiriş, ularning yangi zotlarini yaratiş va köpaytiriş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - seleksiya markazi maqomi;

g) nasldor otlarni sinovdan ötkaziş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - ippodrom maqomi;

d) takomillaştirilayotgan nasldor hayvonlarni genetik usulda baholaş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - immunogenetik nazorat laboratoriyasi maqomi;

ye) naslçilik sub'yektlariga nasldor hayvonlarning qiymati, mahsuldorligi va sifatini baholaş, nazorat qiliş va olingan ma'lumotlarni rasmiylaştiriş böyiça xizmat körsatadigan talabgorlarga - nazorat - sinov stansiyasi maqomi;

yo) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega bölgan naslni yaxşilovçi nasldor erkak hayvonlardan olingan uruğ bilan hayvonlarni sun'iy uruğlantiriş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - hayvonlarni sun'iy uruğlantiriş korxonasi maqomi;

j) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega bölgan naslni yaxşilovçi nasldor ona hayvonlarni saqlaş va ulardan embrionlar tayyorlaş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - embrionlarni köçirib ötkaziş (transplantatsiya) markazi maqomi;

z) ona hayvonlarni sun'iy uruğlantiriş uçun nasldor erkak hayvonlarning muzlatilgan uruğlari bankini taşkil etiş va realizatsiya qiliş böyiça faoliyat olib borayotgan talabgorlarga - erkak hayvonlar uruğlarini işlab çiqiş va sotiş korxonasi maqomi;