Prezident “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, profilaktika inspektorlariga yuklatilgan 13 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi.

Profilaktika (katta) inspektorlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos bo‘lmagan qisqartirilayotgan vazifa hamda funksiyalar ro‘yxati:

1. Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash, shu masalalar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish.

2. Tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etilgan tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhda ishtirok etish va belgilangan vazifalarni bajarish.

3. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun tuzilgan ishchi guruh tarkibida faoliyat yuritish hamda fuqaroning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatini belgilangan tartibda bekor qilishda ishtirok etish.

4. Fuqarolarning majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari inventarizatsiyasi jarayoni bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhga rahbarlik qilish.

5. Huquqbuzarliklar oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish.

6. Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining nazorat tekshiruvida ishtirok etish.

7. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan shaxsning turgan joyi haqida ma'lumot bo‘lmagan taqdirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki uning yaqin qarindoshlarini xabardor qilish choralarini ko‘rish.

8. Fuqarolar tomonidan o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirilishi va ularni qabul qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlarni amalga oshirish.

9. Fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

10. Tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta'minlashga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish.