Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida Özbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Unda oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki davlat madhiyalari yangradi.  

Ikki davlat delegatsiyasi vakillari taniştirildi.

Rasmiy kutib oliş marosimidan söng davlat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi boşlandi. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, uçraşuvda davlatlar örtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş, birgalikda yangi loyiha va dasturlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqilgan.

Davlat rahbarlari uçraşuvda özlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi. 

Ayni vaqtda Anqara şahrida Özbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi boşlanişi kutilmoqda.  

Bu kengaş ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi muloqot formati hisoblanadi. U 2018 yili davlat rahbarlarining Qöşma bayonotiga muvofiq tuzilgan.   

Kengaş öz faoliyatini Özbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida olib boradi.  Siyosat, xavfsizlik, mudofaa, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport,  qişloq xöjaligi, fan, ta'lim, madaniyat,  soğliqni saqlaş va özaro manfaatli boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş strategiyasini belgilaydi. Şuningdek, qöşma loyihalarning bajarilişini nazorat qiladi.