Bu asossiz yangilik nafaqat Telegram-kanallarda, balki xorijdagi bir neçta yangilik saytlarida ham berildi.

Tarmoqning özbek segmentida tarqalgan xabarda şunday deyiladi:

«Saudiya Arabistoni ziyoratçilarning litsenziyasi narxini yetti baravar arzonlaştirganini e'lon qildi. Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri örinbosari Abdulfattoh Masxat Saudiya Arabistoni rasmiylarining Umra litsenziyasining narxini 2000 riyoldan (530 dollar) 300 riyolgaça (75 dollar) kamaytiriş haqidagi qarorini e'lon qildi».

Bu xabar anglaşilmovçilik va ma'lumotni tekşirmasdan e'lon qiliş ortidan tarqalib ketgan.

«Yangilik»ning özbek tilida tarqalgan va xorijdagi bir neçta saytlarda berilgan varianti bir-biriga öxşaş bölib, ularning barçasi bir manbaga borib taqaladi. Bu manba – arab olamidagi eng nufuzli gazetalardan bölmiş «Asharq Al-Awsat» saytida 12 fevral kuni berilgan quyidagi xabardir.

«Haj va Umra vaziri örinbosari Abdulfattoh Masxat takroriy ziyoratga kelayotganlar uçun [doimiy stavkadan yuqori] viza tölovi bekor qilinişiga oid qarorga izoh berar ekan, buni «oqilona qaror» deb ta'rifladi. Uning sözlariga köra, bu qaror – Podşohlikning Makka va Madina şaharlariga dunyoning barça nuqtalaridan musulmonlarning kelişini osonlaştirişga intilişini körsatadi.

Qarorga binoan, ziyorat ruxsatnomasi narxi 300 riyol (75 dollar) etib belgilandi. Taqqoslaş uçun, ötmişda bu narx 2000 riyol (530 dollar) bölgan», – deyiladi xabarda.

Bunda nazarda tutilayotgan qaror 2019 yil sentabr oyida qabul qilingan bölib, unga asosan Haj va Umraga qaytadan borganlik uçun tölanadigan boj 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab bekor qilingan.

Bunga qadar uşbu boj qiymati 2000 riyol (530 dollar atrofida) bölgan. Ya'ni Haj yoki Umraga ikkinçi, uçinçi va hokazo marotaba borayotganlar viza uçun ana şunça tölaşlari kerak edi. Bu tartib va narx 2016 yil sentyabridan beri amal qilib kelayotgandi.