Rossiya iqtisodiyoti Xitoyda tarqalayotgan koronavirus sabab kuniga 1 milliard rubl mablağ yöqotmoqda. Bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Rossiyaning RBK telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

Foto: Vladislav Şatilo / RBK

«Yaqinda federal bojxona xizmati bilan gaplaşdik. Ularning ma'lumot berişiça, Xitoy bilan özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari pasaygan va buning natijasida Rossiya iqtisodiyoti har kuni 1 milliard rubl zarar köryapti. Bu koronavirus tufayli röy bermoqda», degan Siluanov.

Rossiya moliya vazirining sözlariga köra, hukumatdagi iqtisodiy soha mas'ullari koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'siridan xavotirda ekanini ham ta'kidlagan.

Xitoyda tarqalayotgan xavfli epidemiyaning salbiy oqibatlari haqida gapirar ekan Siluanov Rossiya allaqaçon koronavirus oqibatlarini his qilayotganini aytib ötdi. Xususan, Xitoydan Rossiyaga sayyohlik oqimi kamaygan. Buning oqibatida sayyohlik sohasidagi körsatkiçlar tuşib ketgan: «Koronavirus tufayli sayyohlik körsatkiçlari pasaydi, bu esa katta iqtisodiy yöqotişlarga olib keldi. Jumladan, mehmonxonalarning band qilinişi, transport xizmatlarini körsatiş, çakana savdoda qöşimça daromad, hammasi pastladi. Aviataşuvçilar zarar körayotganini aytib bong urmoqda, xullas virus deyarli hammaga zarar keltirdi»,— deydi moliya vaziri.

Siluanovning fikriga köra, koronavirus epidemiyasi Rossiya iqtisodiyotiga yanada salbiy ta'sir körsatişi mumkin, ammo uning kölami Rossiya iqtisodiga ta'sir körsatadigan darajada bölmaydi: «Vaziyat keyinçalik qanday tus olişi karantin va Xitoyda xavfli kasallik bilan boğliq vaziyat qança davom etişiga boğliq. Işonçim komilki, hozirgi holat Rossiya hukumati işlayotgan vazifalarning bajarilişiga jiddiy ta'sir qilmaydi».

Avvalroq «Citi» tahliliy iqtisodçilar guruhi mutaxassislari koronavirus sabab Xitoyga neft eksporti kamayişi jahon bozorida neft narxi pastlaşi va bu holat Xitoyga neft sotadigan asosiy davlat bölgan Rossiyaning iqtisodiy ösişini ham sekinlatişi haqida hisobotlarni e'lon qilgan edi. Rossiya hukumati esa joriy yil 13 fevralda 2020 yil uçun iqtisodiy ösiş suratini 1,7-1,9 foiz örtasida böladi deb hisobot