Universitet filiallari, klinikalar va investitsiyalar. Turkiyaga taşrifi yakunlari
|16:11 / 21.02.202026 52710 min
20 fevral kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasiga safari dasturidan örin olgan bir qança uçraşuv va tadbirlarda iştirok etdi. Prezident kunning birinçi qismida Turkiya işbilarmon doiralari va kompaniya vakillari bilan uçraşgan bölsa, ikkinçi qismida Turkiya prezidenti devoni Xalq kutubxonsining oçilişida qatnaşdi.
Quyida uşbu tadbirlar doirasidagi e'tiborga molik voqeliklarni eslab ötamiz.
Özbekistonda turk universiteti filiali, yangi klinikalar va boşqa yönalişlar uçun investitsiyalar. Turkiyaning yirik investorlari Özbekistonga kirib kelmoqda
Turkiya biznes doiralari va kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv poytaxt Anqaradagi Özbekiston delegatsiyasi a'zolari töxtagan JW MARRIOT mehmonxonasining konferensiyalar zalida ötkazildi.
Uçraşuvni oçib bergan Şavkat Mirziyoyev öz nutqini sönggi yillarda Özbekistonda qulay biznes muhitini yaratiş böyiça qilinayotgan özgarişlar va xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikrlari bilan boşladi.
«Bugungi Özbekistonda biznes muhiti mutlaqo özgargan. Biz investorlar uçun öz eşiklarimizni oçdik. Men kafolat beramanki, Özbekistonda investorlarga xuddi Turkiyadagi kabi barça şaroitlar yaratib beriladi», dedi u.
Şavkat Mirziyoyev turk tadbirkorlarini ham faollikka çorlar ekan, endi harakat qiladigan vaqt kelganini ta'kidladi.
«Sizlar bir narsani bilinglar, endi harakat qiladigan payt keldi. Biz Turkiya kompaniyalari bilan işlaş böyiça institutsional tizimni yölga qöyişimiz kerak», dedi prezident.
Özbekistonga kirib kelişi kutilayotgan loyihalar
Şundan söng, uçraşuv dasturi böyiça turkiyalik tadbirkorlar ham öz loyihalari böyiça taqdimot ötkazişdi.
Taqdimotlar boşida Turkiya Buyuk millat majlisi rejalaştiriş va budjet işlari böyiça komissiya raisi Lutfi Elven sözga çiqib, turkiyalik tadbirkorlar Özbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantiriş böyiça prezident Erdöğandan maxsus topşiriq olgani haqida gapirdi.
«Prezidentimiz bizga Özbekiston bilan böladigan savdo aloqalarini eng yuqori darajaga çiqariş böyiça topşiriq berdi. Biz buning uçun imkoniyatimiz darajasidagi barça işlarni qilamiz», dedi u.
U Özbekistonda iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça sezilarli özgarişlar qilinayotgani, bu borada eng katta amaliy işlardan biri sifatida konvertatsiya islohotida körayotganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
«Işontirib aytamanki, biz Özbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantiriş va yangi bosqiçga olib çiqiş uçun faol tarzda iş olib boramiz», dedi Lutfi Elven.
Uçraşuvda taqdimot ötkazgan Turkiya savdo palatalari va birjalari uyuşmasi prezidenti Rifat Xisarçikliöğlining aytişiça, 19 fevral kuni imzolangan bitim böyiça yaqin orada Özbekistonda Turkiya universiteti filiali oçiladi.
«Hurmatli prezident, sizning topşiriğingiz bilan keça Turkiya savdo palatalari va birjalari uyuşmasi qoşidagi universitetning filialini Özbekistonda oçiş böyiça şartnoma imzolandi. Bu borada Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdöğan ham Oliy ta'lim vaziriga topşiriq berdi va bu topşiriq natijasida endilikda bizning universitet filialini Toşkentda oçiş uçun barça yöllab oçildi. Bu borada sizdan yordam kutib qolamiz», dedi Rifat Xisarçikliöğli.
Öz örnida prezident Mirziyoyev Turkiya rasmiysining takliflari böyiça öz fikrini bildirdi.
«Universitet masalasi men uçun juda muhim. Janob Adhambek, (Adham Ikromov – Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi – tahr) tezroq binoni, inşootlarni böşatib bering. Bu işni iloji boriça tez qilsak-da, buni Özbekistonga e'lon qilsak, eng yaxşi xabarlardan böladi», dedi u.
Surxondaryo viloyatida avvalroq tibbiy klinika taşkil qilgan Turkiyaning «Kanimed Sağliq Çözumleri» kompaniyasi endilikda Urganç va Termiz şaharlarida zamonaviy tipdagi tuğruqxonalar oçişi kutilmoqda.
Bu borada kompaniya boşqaruv kengaşi raisi Filiz Maraşiöğli Özbekiston prezidentidan klinikalar oçiş uçun yer maydoni, davlat va xususiy sektor şerikçiligi borasida qonunçilikning takomillaştirilişini sörab murojaat qildi.
Şavkat Mirziyoyev Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga uşbu kompaniya uçun yer maydoni ajratib qöyiş böyiça topşiriq berdi.
«Biz Özbekistonda Investitsiya böyiça yangi qonun qabul qildik va agar unga qandaydir özgartişlar kiritiş kerak bölsa, bu masalani ham örganib çiqamiz», dedi prezident.
«Dunyagoz» kompaniyasi boş direktori Eray Kapiçiöğli taqdimotida aytişiça, har yili uning kompaniyasiga 166 davlatdan 100 minglab bemorlar murojaat qiladi.
«Kompaniyada 300 nafar köz şifokori va 3 mingdan ortiq xizmatçi köz kasalliklari bilan oğrigan bemorlarga xizmat körsatadi. Köz kasalliklari sohasida har kuni 24 soat davomida 30 yönalişda 500dan ortiq amaliyot va operatsiyalarni amalga oşirib kelyapmiz», deydi direktor.
Şavkat Mirziyoyev uning Özbekistondagi tibbiyot suğurta tizimi böyiça rejalar haqidagi savoliga 2020 yil davomida Sirdaryo viloyatida tibbiyot suğurta tizimi sinovdan ötkazilayotganini aytib ötdi.
«Biz kelajakda suğurta tizimiga ötişimiz şart. Köpgina takliflarni inobatga olgan holda «Suğurta töğrisida»gi qonunni qabul qilyapmiz.
Vazirlarimiz Özbekistonda klinika oçişingiz böyiça barça şaroitni yaratib berişga mas'ul böladi. Hozirgina vazirdan söradim, sizga avvalo Toşkentda bitta klinika va keyin boşqa hududlarda tizimli klinikalar quriş böyiça yöl xaritasi taqdim qiladi», dedi davlat rahbari.
«Bahçişehir» universiteti asosçisi va raisi Anvar Yujyel ham Özbekistonda öz universitetini oçiş istagini bildirdi. Uning sözlariga köra, bugungi kunda «Bahçişehir» universiteti dunyoning 7ta davlatida, jumladan, Istanbul, Berlin, Vaşington, Gruziya va Kiprda filiallariga ega.
«Men şu orqali ota yurt Özbekistonga ta'lim borasida investitsiya kiritmoqçiman», dedi u.
Prezident uşbu masalaga tegişli yeçim topişni Özbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Alişer A'zamxöjayevga topşiriq qilib berdi. Özbekistonda Anvar Yujyel bilan hamkorlik qilişni istovçi tadbirkorlar köpligi ham qöşimça qilindi.
Turkiyaning mis, oltin, kumuş, qörğoşin qazib çiqariş bilan şuğullanuvçi «Eczacıbaşı group» kompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi Bulent Ekzaçibaşi kompaniya Özbekistonga investitsiya kiritişni rejalaştirayotganini aytib ötdi.
«Kompaniyamiz temirdan boşqa qimmatbaho metallar (mis, oltin, kumuş, qörğoşin) qaziş va uni işlab çiqariş uçun xomaşyo topiş qurilmalarini işlab çiqaradi. Biz Özbekiston bilan hamkorlik qilmoqçimiz va bu boradagi işlarni tezroq boşlamoqçimiz», dedi u.
Şavkat Mirziyoyev uşbu tadbirkorning Özbekistonda biznes boşlaşi uçun kerakli şaroitlar yaratib berilişini ma'lum qildi va bu masala böyiça öz maslahatçisi Ravşan Ğulomovga kerakli topşiriqlar berilganini aytdi.
«Toşkentga borganingizdan keyin heç qanday byurokratiyalarsiz iş boşlaşingiz mumkin», dedi prezident.
Turkiyaning «Ronesans Holding» kompaniyasi Olmaliq toğ-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar miqdorida töğridan-töğri investitsiyalar kiritadi. Şuningdek, «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qiliş va rivojlantirişga 630 million yevro ajratiş, şifoxonalar va savdo markazlari quriş böyiça qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oşiriş töğrisida kelişuvlarga erişilgan.
Uçraşuvda yana bir qança biznes vakillari va kompaniya rahbarlari Özbekistonda işlaş istagini bildirib öz taqdimotlarini namoyiş qildi.
Şu bilan Prezidentning Turkiya biznes vakillari tadbirkorlari bilan uçraşuvi öz yakuniga yetdi.
Ma'lum bölişiça, Özbekiston prezidenti tomonidan delegatsiyasining bir qança vakillariga Turkiyada qoliş topşiriği berilgan. Ular ikki tomonlama savdo va investitsiyaviy loyihalar ustida işlaşda davom etadi.
Anqarada dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri oçildi. Şavkat Mirziyoyev marosimda oliy darajadagi yagona mehmon böldi
Kunning ikkinçi yarmida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Anqara şahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining oçiliş marosimida iştirok etdi. Rajab Toyyib Erdöğan taşabbusi bilan bunyod etilgan mahobatli kutubxona kitob fondi (4 million bosma naşr va 120 milliondan ziyod elektron fayl) hamda xizmat darajasi böyiça dunyodagi eng ulkanlaridan biridir. U prezident qarorgohi – Jumhurbaşkanligi saroyi yonida joylaşgan.
Oçiliş marosimiga taklif etilgan oliy darajadagi yagona mehmon Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Şavkat Mirziyoyev nutqi davomida Anqara şahrini Turkiyaning toji, Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasini esa şu tojga yaraşgan javohirlardan biri, deb atadi.
Prezident nutqida bu yil uluğ allomalar Abduxoliq Ğijduvoniy va Bahouddin Naqşband tavalludlariga bağişlangan tadbirlar ötkazilşi haqida ham gapirdi.
«Joriy yilda Mahmudxöja Behbudiy tuğilganining 145 yillik sanasi nişonlanadi. Şuningdek, joriy yilda Buxoro şahri Islom madaniyati poytaxti, Xiva şahri Turkiy dunyo madaniyati poytaxti deb e'lon qilingani munosabati bilan bir qator xalqaro anjumanlar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Şu munosabat bilan, turkiyalik olimlar, adabiyotşunos va dinşunoslarni uşbu madaniy-ma'rifiy tadbirlarga taklif qilaman», dedi u.
Şavkat Mirziyoyev nutqi yakunida «töyga – töyona bilan» kelganini aytib, yangi kutubxonaga 350dan ortiq qimmatbaho kitoblar sovğa qildi.
Turkiya prezidenti uşbu quvonçli ayyomda Özbekiston prezidenti rafiqasi bilan birga iştirok etayotgani uçun taşakkur izhor etdi.
«Özbekiston biz uçun madaniy tasavvurimizni şakllantirgan, olimlarni yetiştirgan, ilm, irfon va ma'naviy dunyomizni ta'minlagan hayotiy manbalarimizdan eng muhimidir», dedi Rajab Toyyib Erdöğan.
Prezidentlar kutubxonaning tantanali oçiliş marosimida iştirok etgaç, yangi kutubxona bilan ham tanişib çiqişdi.
Bu bilan, Prezident Şavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva yangi kutubxonaning birinçi faxriy mehmonlari bölişdi.
Kunning keçki qismida davlat rahbarining Turkiyaga 2 kunlik taşrifi yakunlandi.
Prezidentni «Esonbuğa» aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan kuzatib qöydi.