Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
“Tolibon” va AQŞ delegatsiyalari örtasida uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kelişuv tayyorlandi va 29 fevral Dohada ikki tomondan imzolanadi. Bir qator davlatlar va xalqaro taşkilotlar delegatsiyalari marosimda kuzatuvçilar sifatida iştirok etadi”, deb ma'lum qilgan “Tolibon”ning Dohadagi rasmiy vakili Suhayl Şaxin tvitterda.
Uşbu axborotni AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo ham tasdiqlagan.
“Önlab yillar davom etgan ixtilofdan keyin biz toliblar bilan Afğonistonda zöravonlikni qisqartiriş haqidagi kelişuvga keldik. Bu tinçlik uçun uzoq davom etgan yöldagi muhim qadamdir, men barça afğonlarni bu imkoniyatdan foydalanib qolişga çaqiraman”, deb yozgan öz navbatida Pompeo tvitterda.
Ma'lum qilinişiça, AQŞ avvalroq toliblar bilan Afğonistonda 7 kunga zöravonlikni töxtatişni muhokama qilgan. Bu vaqt içida “Tolibon” portlaşlar va raketa hujumlari sodir etmaslikka va'da bergan. Uşbu jarayon 22 fevralga ötar keçasi boşlanişi kerak.
AQŞ va “Tolibon” Dohada 2019 yil davomida muzokaralar olib borgan, biroq tinçlik kelişuvining imzolanişi Afğonistonda amerikalik harbiylarning halok bölişiga olib kelgan terakt sababli barbod bölgandi.













