Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilar sabrni o‘rganishsa, svetoforda qo‘shimcha seksiyadan foydalanish mumkin
Chorrahalarni tartibga soluvchi svetoforlarda chap tomon uchun burilish seksiyasi nima uchun joriy etilmayapti? Mutaxassislar fikricha, bu ziddiyatlarni kamaytiradi, ammo tirbandliklar soni oshadi. Shuning uchun bir tomonlama harakatlanish masalasi o‘rganilmoqda.
IIV YHXBB media markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent shahrining yirik chorrahalarini tartibga soluvchi svetoforlarda chapga burilish uchun qo‘shimcha chiroqlar qachon paydo bo‘lishi masalasi ham ko‘tarildi. Mutasaddilar Kun.uz muxbiri savoliga javob berar ekan, shahardagi avtomobillar soni ortishi bilan ayni mavzu o‘rganilayotgani, tez orada bu amaliyotga qaytilishi, shu bilan birga, haydovchilar sabrli bo‘lishlari talab etilishini bildirishdi.
IIV YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
- Aksar chorrahalarda svetoforlarda chapga burilish seksiyasi nimagadir qo‘llanilmaydi. Bu jahon tajribasida bor amaliyot, qolaversa, milliy YHQda ham bor qoida. Shu bilan birga, 10 yil avvalgi avtomashinalar soni bilan hozirgisini taqqoslab bo‘lmaydi. Chorrahalarda uchinchi qatordan chapga burilish hollarini kuzatyapmiz. Buni YPX xodimlari ham kuzatayotgandir. Ammo, chora ko‘rish amaliyoti qanchalik yo‘lga qo‘yilgan. YPX xodimi, oddiy serjant, chorrahada xizmat vazifasini o‘tamoqda va kamchilik nimada ekanini ko‘rmoqda. U sizlarga falon chorrahaga qo‘shimcha seksiya qo‘yish kerak, degan taklif bildira oladimi?
- To‘g‘ri aytdingiz, bu masalani. Ilgari Toshkentda ko‘p chorrahalarga qo‘yilgan. Hozirda, chorrahalardagi svetoforlar 2 bosqichda ishlayapti, agarda chapga burilish uchun alohida seksiya o‘rnatilsa, aylanish davri oshadi, bir daqiqa emas, bir yarim daqiqa bo‘ladi, bu yana tirbandliklarni keltirib chiqaradi. Sizning taklifingizning yaxshi tomoni bor, nuqtadagi ziddiyat kamayadi, lekin tirbandlikka olib keladi.
Bir vaqtlar bu amaliyotdan voz kechganmiz, ammo, to‘g‘ri u vaqtda transport vositalari soni hozirgidek bo‘lmagan. Hozir, ko‘paydi, ammo chorrahaning 4 tomonidan ham ko‘paydi. Ruxsat beradigan bo‘lsak, 4 tomonga ham chap tomonga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Mutaxassislar bu masalani o‘rganib chiqishi lozim.
Baribir bu narsaga qaytyapmiz, ammo qanday (usulda) qaytamiz. Hozirda, bir tomonlama harakatni o‘ylayapmiz, bunda bu savolga hojat qolmaydi. Har bir holatni o‘rganib chiqishimiz talab etiladi. (Haydovchilar) sabr qilsa, joriy qilish mumkin. Buning uchun haydovchilar sabr qilishni o‘rganishlari kerak.
Mavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026