Bugun, 21 fevral kuni, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari böyiça qömitasi tomonidan press-brifing ötkazildi. Unda MeningFikrim.uz axborot portali orqali mobil qurilmalarni IMEI-kodlari böyiça tölov olinişi yuzasidan jamoatçilik murojaati kelib tuşgani, vaziyatni örganiş maqsadida Oliy Majlis tomonidan işçi guruh tuzilgani xabar qilindi. Qömita raisi örinbosari Doniyor Ğaniyev işçi guruh rahbari sifatida jamoaviy murojaat örganişda qilinadigan işlar böyiça rasmiy bayonot berdi.

Doniyor Ğaniyev / Qonunçilik palatasi

«14 dekabrda MeningFikrim.uz axborot portaliga mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkazişni soddalaştiriş böyiça jamoaviy murojaat joylaştirilgan. Unda jismoniy va yuridik şaxslardan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini röyxatga olişda tölovlarni bekor qiliş va tizimni soddalaştiriş tartibini joriy etiş böyiça taklif bildirildi. Joriy yil 17 fevral kuni murojaat 10 mingdan ortiq ovoz töpladi, fuqarolar 400dan ortiq fikr qoldirişgan.

Murojaat yetarli ovoz töplagandan söng tegişli vakolatli davlat organi tomonidan körib çiqilişi belgilangan. Şu sababli, murojaat Oliy Majlis palatasi huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan örganilib, 19 fevralda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri va Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari böyiça qömitasiga örganiş uçun kiritildi.

Qömita tomonidan vaziyatni örganiş maqsadida 8 kişidan iborat işçi guruh tuzildi. Uning tarkibida 4 nafar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, 4 nafar soha mutaxassislari bor. Keça işçi guruh tarkibi şakllantirildi. Bugun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Bojxona qömitasiga sörovnoma yuborildi. Bunda uşbu taşkilotlardan IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş böyiça statistik ma'lumotlar, undan tuşadigan mablağlar hajmi, mobil qurilma texnikalari importi dinamikasi tahlili ötkaziladi.

24-28 fevral kunlari masala joyiga çiqib örganiladi. Bunda röyxatdan ötiş markaziga boriladi. Foydalanuvçilar örtasida ijtimoiy sörovlar ötkaziladi. Şundan söng qömita tomonidan olingan axborotlar töplanib umumiy xulosa tayyorlanadi. 5 mart kuni esa Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida deputatlar tomonidan bu masala muhokama qilinadi», deya Ğaniyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.