Siz uçun böş vaqtni qanday ötkaziş qiziqroq: sönggi urfdagi kiyim-keçaklar butigida katta çegirmali şopingmi? Köngiloçar boğda maza qilib sayr qilişmi? Yoki kitob dökoniga borişmi?

Albatta, köpçilik xuddi men qatori birinçi yoki ikkinçi variantni tanlaşi tabiiy. Sababi – bizda zamonaviy kitob dökonlari kam. Yoşlar orasida ham kitobga qiziqiş yuqori, deb ayta olmaymiz.

Janubiy Koreyada kitob dökonlariga talab bizdagidan farq qiladi. Bu yerda hatto çekka şaharçalarda ham şinam kutubxonalar, kitob dökonlari bor. Yana minglab kitob çiqaruvçi bosma naşriyotlar ham.

«Aqlli şoping»: Koreyadagi eng katta kitob dökoniga sayohat

«Aqlli şoping»: Koreyadagi eng katta kitob dökoniga sayohat Bu yirik kitob dökoni kutubxona vazifasini ham bajaradi. Bu yerda sotiladigan kitoblarni xarid qilmay turib, istagança vaqt öqişingiz mumkin. 👉 https://kun.uz/42589140

Posted by

Kun.uz

on Sunday, February 23, 2020

Janubiy Koreyaga safarim davomida mamlakatdagi eng yirik kitob dökonlari tarmoği – Kyoboga borişga qaror qildim.

Tarmoqning eng katta va eng maşhur dökoni Seuldagi Gwanghwamun Plaza içida joylaşgan.

Dökon odamlar bilan bunçalik gavjum bölişini, töğrisi, kutmagan edim. Dökon haqidagi ilk taassurotimni esa bir söz bilan ta'riflay olişim qiyin.