Xitoy Fanlar akademiyasi tropik botanika boği olimlari virusning odamdan odamga yuqişi 2019 yilning noyabrida yoki dekabri boşida boşlangan, degan xulosaga kelişdi. Söngra virus Uxandagi dengiz jonzotlari bozoriga tuşgan va u yerdan butun mamlakat böylab tarqalgan. Bu haqda Caixin naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, mutaxassislar koronavirusning GISAID EpiFlu ma'lumotlar bazasidagi va 4 ta qit'adagi 12 ta davlatdan yiğilgan 93 ta namunasining genom ma'lumotlarini hamda virus tarqaliş manbalari va uning tarqalişi yöllarini tahlil qilib çiqişgan.
Tadqiqot davomida olimlar koronavirus Xuanan bozoriga boşqa yerdan tuşgani va tez orada bozorda, söngra uning taşqarisida tarqalganini aniqlaşgan.
Olimlar ma'lumotlariga köra, qandaydir bir “boşlanğiç bemor” bozorda kimnidir zararlagan. Yomon sanitar şaroitlar hukm surgan gavjum bozor esa virusning odamlar orasida tarqalişi uçun qulay muhit bölgan.
Mutaxassislar, şuningdek, virus kamida uç yönalişda tarqalganini aniqlaşgan. Uxandagi bozorga aloqasi bölgan barça bemorlarda virusning H1 gaplotipi va uning hosilalari H2 va H8-H12 aniqlangan. Bozorga heç qanday aloqasi bölmagan uxanlik boşqa bemorlarda esa H3 gaplotipi aniqlangan.
Tadqiqotda körsatilişiça, virusning odamdan odamga yuqişi 2019 yil noyabri oxiri yoki dekabri boşida boşlanib, söngra bozorga tuşgaç tezlaşib ketgan bölişi mumkin.
Şuningdek, Xitoyning 9 provinsiyasi va 11 ta mamlakatdagi virusga çaliniş holatlari bevosita Uxan bilan boğlangani aniqlangan. Bundan taşqari, Guandun provinsiyasida virusning uçta öçoği, Çunsin va Tayvanda 2 tadan öçoği aniqlangan.
Şu bilan birga, AQŞ, Avstraliya, Fransiya va Yaponiyadagi bemorlar virusning kamida ikkita öçoğidan kasallanişgan.
Tadqiqotda umumiy bazada yuqorida körsatilgan davlatlardan boşqa davlatlardagi bemorlardan olingan namunalar kamligi va bu bemorlardan köpçiligi virusni yuqtirişning bir xil öçoğiga egaligi ta'kidlab ötilgan: ular virusni yo Uxanda, yoki Uxanda bölgan odamlardan, yoxud Guandun, Singapur yoki boşqa joyda yuqtirib olişgan.













