Alişer Mamadaliyev bilan uning Özbekistondagi işi, bugungi kundagi işi, haydovçilik guvohnomasini oliş jarayoni, «GAI» xodimlari bilan munosabat hamda taksiçilik ortidan topadigan oylik daromadi haqida suhbatlaşdik.
«Oyligim 650 ming söm edi»
Men Andijon viloyati Asaka şahridanman. Rossiyaga kelişimdan oldin UzDaewoo avtokompaniyasining yiğuv sexida işlaganman. Kompaniyada bir oyda norma iş soati 176 soat edi. Lekin reja qöyişar edi. Iş soati ham rejaga qarab har xil bölgan. Lekin işga qaraganda oylik maoş juda past edi. 12 soat davomida bitta konveyerda turiş juda oğir edi. Işlatadigan asbob-uskunalarimizning oğirligi 4-5 kg, eng yengili 3 kg edi. 2015 yilda kompaniyadan çiqib ketayotganimda oyligim 650 ming söm edi.
«Rossiyada haydovçilik guvohnomasi 25 mingdan 35 ming rublgaça»
Haydovçilik guvohnomasini oliş uçun 3 oy davomida öqiladi. Tölov esa 3 oy uçun eng kamida 25 ming rubldan 35 ming rublgaça. Imtihonda 20ta savol beriladi. Agar imtihondan öta olmasangiz, keyingi imtihon 15 kunda yoki 1 oydan keyin bölişi mumkin. Birinçi imtihondan köpçilik holatda yiqilişadi. Çunki 20ta savolga javob beriş oson emas. Rossiyadagi yöl belgilari bilan Özbekistondagi yöl belgilarining ança farqi bor.

«Haydovçilik guvohnomasini taniş-biliş qilib olsa böladi»
Haydovçilik guvohnomasini taniş-biliş qilib olsa böladi. Lekin öqiş kerak. Agar öqimasdan guvohnoma olmoqçi bölsangiz, GAIda taniş bölişi kerak. GAI xodimlari töğridan-töğri kelib sizdan pul söramaydi. Taniş orqali olişning narxlari bor. Nazariy imtihondan ötiş narxi 15 ming rubl, amaliysi ham 15 ming rubl, umumiy 30 ming rubl böladi. 35 ming rubl öqişga, 30 ming rubl imtihonga sarflasangiz, bu haydovçilik guvohnomasini oliş 1000 dollarga tuşadi degani.
Agar Özbekistonda olgan haydovçilik guvohnomangiz bölsa stajingizga qöşib beradi. Bölmasa yangi haydovçilik guvohnomasi beradi. Yangi haydovçilik guvohnomasi olganlarga 3 yilgaça taksiçilik qiliş mumkin emas. Qonun böyiça şunaqa tartib.














