Rossiyaga mehnat migranti sifatida borsangiz, birinçi navbatda hal qilişingiz kerak bölgan masalalar – patent va registratsiya.

Patent sizga rasman işga joylaşiş imkonini beradi. Registratsiya esa – rus politsiyasi söraydigan asosiy hujjatdir.

Patent uçun imtihon topşiriş kerak (bu haqda navbatdagi maqolalarimizda batafsil töxtalamiz). Patent berilişi muddati har xil, örtaça bir oy deyiş mumkin. Ungaça esa rasman işlaş mumkin emas. Lekin buni kutişga kimdadir imkoniyat bor, kimdadir esa yöq. 

Rossiyaga xizmat safarimiz davomida Moskvada patensiz işlayotgan vatandoşlarimizning iş jarayoni bilan ham tanişdik.

Hujjatsiz ham işlaş mumkin bölgan iş joylari kam emas. Biz şunday imkoniyatni beruvçi tipografiyada böldik.

Tipografiyada asosan ayollar, talabalar, oğir iş qila olmaydigan vatandoşlarimiz işlayotganiga guvoh böldik. Bundan taşqari, kunduzi asosiy işida işlab, keçasi işlaş uçun keladiganlar ham bor. Iş ikki smenada taşkil etilgan.

Iş haqi

Ikkinçi smenadagilar 20:00dan tonggi soat 8gaça işlaşadi. Kunlik iş haqi – 1500 rubl (225 ming söm atrofida), ammo uning hammasini ham uyga olib keta olmasligingiz mumkin.

Gap şundaki, mehnat migrantlariga iş topişda kömaklaşuvçi köplab vatandoşlarimiz bor. Ular ijtimoiy tarmoqlar va Telegram`da özlarining kanal va guruhlarini oçib, e'lonlar berişadi (Afsuski, ularning hammasi ham yolğon gapirmaydi, deb ayta olmaymiz).

Masalan, bir vatandoşimiz tipografiya bilan kelişuv qilib, korxonani işçi kuçi bilan ta'minlaydi. Ya'ni patensiz fuqarolarimiz ularga murojaat qiladi. U esa manzilni aytib, keyin oyligini olib beradi.

Tipografiyada kunlik iş haqi 1500 rubl, qölga olişingiz 1200-1300 rubl. Iş haqini har 10-15 kunda işni topib bergan örtadagi odam tarqatadi va özining xizmat haqqini olib qoladi.

Telefon işlatsangiz, jarima tölaysiz

Biz ham tipografiyaga keçki smenada işga çiqdik. Işlaş asnosida vatandoşlarimiz bilan suhbatlaşdik. Ularning köpçiligida patent yöq. Asosan ayollar va talabalar keçki smenada işga çiqişadi. Talabalar öqişdan keyin kelişadi. Ayollar esa patenti yöqligi va oylik maoş kamligi sababli özining asosiy işidan çiqib, keçki smenada işlaşadi.