XXR Milliy soğliqni saqlaş komissiyasi ma'lumotlariga köra, sönggi 24 soat içida koronavirus qurbonlari soni 150 kişini taşkil etdi. SCMP ma'lumotiga qaraganda, dunyoda yangi kasallikdan 2592 kişi hayotdan köz yumdi.
Xitoylik şifokorlar ma'lumotlariga köra, Xubey provinsiyasida 149 kişi vafot etdi, Xaynan orolida bu raqam bir kişini taşkil qildi. Epidemiya davrida mamlakatda jami 49824 kişi kasallangani qayd etildi.
Xitoyning materik qismi hududida jami 409ta yangi kasallaniş holati röyxatga olindi, bu bu avvalgi kunga nisbatan kamroq. Ulardan 398 kişi dastlab koronavirus tarqalişi aniqlangan Xubey provinsiyasida kasallandi.
Şuningdek, Xitoy tibbiyot rasmiylari xabar berişiça, oxirgi bir sutka içida 1846 kişi soğlom deb topilgan hamda kasalxonadan çiqarilgan. Davolanganlarning umumiy soni 24000dan oşdi.
SCMP hisob-kitoblariga köra, dunyoda 79 mingdan ortiq odam kasallandi. Xitoydan taşqari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Italiyada eng köp kasallaniş holatlari qayd etildi.
Kasallik qurbonlarining eng köp soni Eronda kuzatildi (8). Janubiy Koreyada yetti kişi, Yaponiyada tört kişi, Italiyada uç kişi vafot etdi.













