Xitoyning Uxan şahrida 24 fevral kuni holatiga 195 kişida koronavirus infeksiyasidan qayta zararlaniş holati qayd etildi. Bu haqda XXR Soğliqni saqlaş milliy komissiyasi xabar bergan.

24 fevral kungi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirus yuqtirganlar soni 77,1 ming kişiga yetgan, ölimlar soni 2592tani taşkil qilmoqda.

South China Morning Post hisoblariga köra, jahonda (Xitoyning materik qismidan taşqarida) virus yuqtiriş bilan boğliq 2,4 ming holat qayd etilgan, sönggi bir kunda virusdan zararlanganlar soni 416 nafarga ösgan.

Eng köp kasallanganlar Yaponiya (838 kişi) va Janubiy Koreyada (833 kişi). Şuningdek, Italiyada ham virus yuqtirganlar soni 200 nafardan oşgan, virus tarqalayotgan Erondagi aniq raqamlar esa ma'lum emas.