Şvetsiya markaziy banki çeklangan şaroitlarda raqamli kronani (Şvetsiya milliy valutasi) bir yil sinovdan ötkazişini e'lon qildi. Tajribadan maqsad markaziy bank – “Riksbank”ga öz kriptovalutasini tölaqonli muamolaga kiritişda yordam beradigan ma'lumotni töplaşdan iborat.
Hozirda Şvetsiyada naqd pullar deyarli muomaladan çiqib ketgan. Deyarli barça savdo nuqtalari elektron tölovlar qabul qiladi. Mutaxassislarning baholaşiça, 3 yildan keyin mamlakatda umuman kupyura va tangalardan foydalanilmay qöyiladi.
Ammo bunday vaziyat mamlakat markaziy bankida ikkita sababga köra xavotir uyğotmoqda. Birinçidan, bankirlar agar tölovlar infratuzilmasi töliq xususiy sektor qöliga ötsa, muayyan guruhlar çetda qolib ketişidan xavfsiraşmoqda. Ikkinçidan, agar odamlar jamğargan pullarini hukumat tomonidan tasdiqlangan naqd pullarga ayirboşlay olmasalar, bu monetar tizimga işonçga putur yetkazişi mumkin.
Şu sababli ham “Riksbank” bir neça yil avval bir kun kelib hozirgi naqd pullar örnini egallaşi mumkin bölgan davlat raqamli valutasini joriy qiliş imkoniyatini örganişni boşlagan.
Şvetsiya hukumati öz milliy raqamli valutasi moliyaviy sektorni tölov tizimlaridagi nosozliklardan himoyalaşiga umid qilmoqda.
“Riksbank” bayonotida ta'kidlanişiça, “raqamli krona qulay, sodda bölişi hamda xavfsizlik va samaradorlikning asosiy talablariga javob berişi lozim”. Sinovlar vaqtida foydalanuvçilar uşbu ye-kronalar yordamida tölovlar amalga oşirişlari, ularni hisobraqamiga qöyişlari va mobil dasturlar, bank kartalari va aqlli soatlar yordamida köçirib ötkazişlari mumkin böladi. Loyiha 2021 yil fevralgaça davom etadi va zarurat bölsa, uzaytiriladi.
Ammo har qanday holda ham raqamli kronani joriy qiliş qarori Şvetsiya fuqarolari istaklariga köra qabul qilinadi. “Bu markaziy bankning bir özi qabul qilişi uçun juda muhim masaladir”, deb ta'kidlab ötgan bank iqtisodçisi Gabriel Sederberg.
Raqamli valutani joriy qilişni Yaponiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri ham taklif qilmoqda. Uning fikriça, bu çora Xitoy tomonidan raqamli yuan joriy qilinişiga javob bölişi va dollarga tayanuvçi jahon moliya tizimi qulaşi holatida mamlakatga yordam berişi mumkin.












