Kun.uz saytida «Isitiş zör, termometr buzuq, murojaatçi «tuhmatçi» — Urgutdagi maktab qişni qanday ötkazmoqda?» sarlavhasi ostida tumandagi 45-maktabda isitiş tizimi nosozligi tanqid ostiga olingan maqola e'lon qilingan edi.
Oradan bir neça hafta ötib murojaat egalari tahririyatga qönğiroq qilişdi va muammoga yeçim topilgani, bolalar endi sovuqdan aziyat çekişmayotganini aytib, minnatdorlik bildirişdi.
Bugun, 24 fevral kuni Urgut tuman xalq ta'limi bölimi mudiri imzosi bilan ana şu maqola yuzasidan munosabat bildirildi.
«Joriy yilning 8 fevral kuni Kun.uz sayti orqali Urgut tuman xalq ta'limi bölimiga qaraşli 45-umumta'lim maktabidagi isitiş tizimi bilan boğliq muammolar aks etgan «Isitiş zör, termometr buzuq, murojaatçi «tuhmatçi» — Urgutdagi maktab qişni qanday ötkazmoqda?» nomli maqola e'lon qilingan edi. Maktabdagi vaziyat yuzasidan ota-onalar tomonidan viloyat hokimining Telegram messenjeriga ham murojaat qilingan.

Ta'lim muassasasini isitiş tizimi bilan boğliq muammolarni örganiş va bartaraf etiş maqsadida Urgut tuman hokimligi va tuman xalq ta'limi bölimi xodimlaridan iborat işçi guruh tuzilib, mavjud holat örganildi. Örganiş natijalariga köra, haqiqatan ham 45-umumta'lim maktabida sinfxonalarni isitiş bilan boğliq muammolar borligiga aniqlik kiritildi. Ba'zi qozonlar ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani, elektr energiyasidagi uzilişlar muammoning asosiy sababi ekani ma'lum böldi.
Şundan söng, isitiş qozonlari qayta ta'mirdan çiqarildi, foydalanişga yaroqsiz holga kelib qolgan bitta havo purkagiç yangisiga almaştirildi. Uskunalar soz holatga keltirilgaç, sinovdan ötkazildi va uç soatda ta'lim muassasasi sinfxonalaridagi harorat me'yor darajasiga yetdi.
Urgut tumanidagi şu va boşqa umumta'lim maktablaridagi isitiş holati doimiy nazoratga olingan va yuzaga kelgan muammolar bartaraf etilmoqda», deyiladi Urgut tuman xalq ta'limi bölimining Kun.uz tahririyatiga yöllagan munosabatida.












