Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar “Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasini körib çiqdi. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, loyiha Qonunçilik palatasi Kengaşining va Senat Kengaşining 2019 yil 14 sentyabrdagi Qöşma qarori bilan tasdiqlangan Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarning ixçam ötkazilişini ta'minlaş böyiça çora-tadbirlar dasturiga asosan tayyorlangan.

Qonun loyihasi bilan töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkaziş tartibiga qöyiladigan umumiy talablarga rioya qilmaslik uçun ma'muriy javobgarlik belgilanişi közda tutilmoqda. 

Uşbu tartibni mazkur tadbirlarni ötkazuvçi şaxs tomonidan buziş – bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari (2 230 000 söm) miqdorida jarima solişga sabab bölişi nazarda tutilyapti. Töyxona, kafe va restoranlarning mansabdor şaxslari tomonidan bu tartibning buzilişi esa, bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari (6 690 000 söm) miqdorida jarima solişga olib keladi. 

Nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari (11 150 000 söm)miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilanmoqda. 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilindi.