Sarmoyaçining aytişiça, u bu kompaniyani nafaqat Berkshire Hathaway egalik qiladigan aksiyalar (kompaniya Apple’ning 5,5 foiz aksiyasiga ega), balki şaxsiy biznesi sifatida qabul qiladi. “Bu aqlbovar qilmas kompaniya. Men uni avvalroq munosib baholaşim kerak edi”, deb aytgan Baffett. 

Milliarder yaqinda özining Samsung telefonini iPhone’ning oxirgi versiyasiga almaştirganini tan olgan. Baffettning ta'kidlaşiça, unga yaqinda bir neçta smartfon sovğa qilişgan. Ulardan birini Apple boş direktori Tim Kuk sovğa qilgan. Milliarderning aytişiça, u aksariyat odamlar kabi gadjetning hamma imkoniyatlaridan foydalanmay, uni köproq qönğiroq qiliş uçun işlatadi.

Baffett öz intervyusida Xitoyda koronavirus epidemiyasiga ham izoh berib, u sarmoyaçilarning aksiyalar böyiça qabul qiladigan qarorlariga ta'sir qilmasligi kerakligini aytgan. “Öylaşimça, bu siz aksiyalar bilan bajarayotgan harakatlarga ta'sir qilmaydi, biroq insoniylik nuqtayi nazaridan, bu dahşatli narsadir”, deb ta'kidlab ötgan milliarder.

Baffett koronavirusning öz kompaniyasiga ta'siri haqida töxtalib, yuz berayotgan voqealar kompaniyaga ta'sir qilmasligini aytgan. “Biz biznesni unga 20 yoki 30 yil egalik qiliş uçun sotib olamiz. Fikrimizça, 20 yoki 30 yillik prognoz koronavirus sababli özgarmadi”, deb qöşimça qilgan Baffett.