Fuqarolar «Straus House» MÇJga nisbatan tergov tugaganiga qaramay, sud boşlanmayotganidan norozi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Kompaniyaga bergan pulini qaytarib ola olmayotgan jabrlanuvçilar soni jami 300dan ortiq.
Ular orasida tuyaquş sotib oliş uçun qarz va foiz hisobiga kreditlar olganlari ham köpçilikni taşkil etadi. Vaqt ötişi bilan olingan kreditlarni qaytariş majburiyati yuzaga kelgan. Jabrlanuvçilar MÇJga bergan pullarni qaytarib olib, kreditlaridan qutuliş uçun tezroq sud boşlanişini istaşyapti.
IIV Tergov departamenti boşliği Inomjon Ismatovning aytişiça, «Straus House»ga nisbatan tergov harakatlari yakuniga yetib, 2019 yil 31 dekabrda ayblov xulosasi bilan prokuraturaga topşirilgan.
«MÇJ tomonidan Pokistonga çiqarib yuborilgan 200 ming AQŞ dollari va unga qaraşli barça mulklar xatlanib, ayblov xulosasi e'lon qilingan. Undirilgan pullar jabrlanuvçilarga sud hukmi çiqqanidan keyin qaytariladi», – dedi Ismatov.

Jabrlanuvçilar asosiy e'tirozi – sud mahkamasi boşlanişi keçikayotganida.
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi raisi vazifasini bajaruvçisi Sanjar Muhammedovning sözlariga köra, bu jinoyat işi bugun 25 fevral kuni Mirobod tuman sudiga kelib tuşgan.
«Endilikda protsessual normalar asosida jinoyat işi körib çiqiladi. Vaziyatni hisobga olib, jarayon iloji boriça tezlaştiriladi», – dedi Sanjar Muhammedov.
Bu javoblarga qoniqmagan jabrlanuvçilar Vazirlar Mahkamasi yonida töplanişdi. Hukumat mutasaddilari holatga aniqlik kiritiş uçun jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi Baxtiyor Islomovni çaqirişgani, jabrlanuvçilar va sud raisi örtasidagi uçraşuv prezidentning xalq qabulxonasida bölişini aytişdi.

Şundan söng fuqarolar IIV tomonidan ajratilgan avtobuslarda prezident xalq qabulxonasiga olib kelindi va jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi Baxtiyor Islomov ularning savollariga javob berdi.













