Turkiya sanitariya-epidemiologiya xizmatlari epidemiologik xavfli davlatlardan kelayotgan fuqarolarni karantinda saqlaş uçun Eron bilan çegarada dala hospitallarini joylaştirdi. Bu haqda Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Faxritdin Koja ma'lum qildi.
"Turkiyaga Xitoydan tranzit orqali keladigan barça şaxslar 14 kunlik karantinga joylaştiriladi. Qum va Maşhad şahrida bölganlar 14 kun davomida çegara yaqinida joylaştirilgan dala hospitallarida böladi", - dedi Koja.
Uning aytişiça, hozirça Turkiyada koronavirusga çaliniş bilan boğliq holat qayd etilmagan.
Vazirning sözlariga köra, Turkiya hukumati Eron bilan çegarani yopgan. Hozirda Turkiya aviakompaniyalariga Erondan faqatgina turk fuqarolarini olib kelişga ruxsat berilgan.
Eron ayni vaqtda koronavirusdan ölim holatlari böyiça Xitoydan keyingi eng yuqori körsatkiçni qayd etmoqda. Bu mamlakat koronavirus epidemiyasining uçinçi yirik öçoğiga aylangan va ekspertlar bu pandemiya boşlanganidan darak berişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 95 nafarga yetdi, ammo haqiqiy raqamlar bundan butunlay boşqaça körinişda bölişi mumkinligi aytilmoqda.













