2020 yil yanvar oyida Özbekiston 489,8 million dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qömita ma'lumotlariga köra, 2019 yil yanvar oyiga nisbatan ösiş 60,3 foizni taşkil etdi. 2020 yil yanvar oyida Özbekistonning eksport tarkibida oltinning uluşi 38,1 foizga teng böldi.
Ta'kidlab ötiş joizki, sönggi yillarda Özbekiston oltin eksportini oşirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni taşkil etdi.
Avvalroq, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari hajmi qariyb 30 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.












